7 avgust, çorşanba kuni Britaniyaning qator şaharlarida minglab odamlar öng ekstremistlar tomonidan Sautportdagi raqs studiyasida bolalar öldirilişi ortidan bir haftadan beri davom etayotgan tartibsizliklarga javoban nafrat va irqçilikka qarşi namoyişga çiqdi.
Britaniyaning PA axborot agentligi London, Brayton, Şeffild va Bristoldagi namoyişlar haqida xabar berdi. Liverpulda bir neça yuz kişi qoçqinlar markazini radikallar tomonidan ehtimoliy hujumdan himoya qiliş uçun yiğildi. Birminhemda yuzlab odamlar muhojirlarga maslahat markazi oldida namoyişga çiqdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari sodir bölişi mumkin bölgan navbatdagi tartibsizlikka tayyorgarlik körmoqda. OAV xabarlariga köra, politsiya hujumlar nişoni muhojirlarga qoçqin maqomini olişda xizmat körsatuvçi yuridik firmalar va maslahat markazlari bölişi mumkin, deb hisoblamoqda.
London politsiyasiga köra, ehtimoliy tartibsizliklarga qarşi kuraşiş uçun poytaxtga minglab qöşimça zobitlar yuborilgan. Yana 1300 dan ortiq politsiyaçi kerak bölsa, London politsiya kuçlariga qöşiliş uçun şay holatga keltirilgan.
Ön yillikdagi eng katta tartibsizliklar
Boşlangan tartibsizliklar sönggi ön yil içida mamlakatdagi eng kattasi deb atalyapti. Ularga migrant oilasidan bölgan 17 yoşli ösmir tomonidan sodir etilgan jinoyat sabab bölgan. 29 iyul kuni Sautport kurort şahrida u kiçik maktab öquvçilari uçun raqs studiyasiga piçoq bilan hujum qildi. Hujum natijasida uç qiz halok bölgan, yana sakkiz nafar bola piçoqlangan, ulardan beş nafarining ahvoli oğir. Bolalarga yordam berişga şoşilgan ikki yoşi katta şaxs ham oğir jarohatlar bilan şifoxonada. Hujum qilgan şaxs qölga olindi va unga nisbatan jinoiy iş qözğatildi.












