Buzilmas döstlik va qardoşlikni mustahkamlaş — qozoq va özbek xalqining umumiy maqsadi, dedi Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Oqördada bölib ötgan Qozoğiston-Özbekiston Oliy davlatlararo kengaşi birinçi yiğilişida. Uning sözlaridan Kazinform iqtibos keltirdi.

«Hozirgina muhtaram Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev bilan kiçik tarkibda muzokaralar ötkazdik. Biz bir qator muhim masalalarni muhokama qildik. Bu muzokaralar oçiqlik va özaro yordam ruhida ötdi. Özaro munosabatlarimizni yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanimizni yana bir bor tasdiqladik. Maqsad va vazifalarimizni belgilab oldik», dedi Töqayev.

Qozoğiston rahbari ikki davlatning umumiy maqsadi asrlar davomida örnatilgan buzilmas döstlik va qardoşlikni mustahkamlaş, özaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş ekanini ta’kidladi.

«Kengaşning bugungi yiğilişi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş uçun juda muhim. Qarorlar ham strategik ahamiyatga ega. Oliy davlatlararo kengaş faoliyati Qozoğiston-Özbekiston munosabatlari rivojiga yangi sur’at bağişlaydi, deb öylayman», dedi Töqayev.