Yozgi Olimpiya öyinlarida erkin kuraş bahslarida Özbekiston vakili Razambek Jamalov yurişini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
-74 kg vazn toifasida iştirok etayotgan Razambek Jamalov yarimfinalda rossiyalik kuraşçi, turnirda Tojikiston nomidan iştirok etgan Viktor Rassadinni mağlubiyatga uçratdi va finalga çiqdi.
Endi 26 yoşli sportçi ertaga Yaponiya vakili Daiçi Takataniga qarşi oltin medal uçun kuraşadi.
Jamalov dastlabki bosqiçlarda Olimpiada finalçisi, rossiyalik Magomedhabib Nurmagomedov va 4 karra Yevropa çempioni, Slovakiya nomidan qatnaşgan Taymuraz Salkazanov tösiğidan ötgandi. Çorakfinalda esa yana bir rossiyalik, Albaniya nomidan qatnaşgan Çermen Valiyevdan ustun keldi.









