Oltin medal uçun keçgan bellaşuvda Özbekiston vakili Razambek Jamalov yaponiyalik Daiçi Takataniga qarşi gilamga çiqib, raqibini muddatidan avval mağlubiyatga uçratdi. 

Eslatib ötamiz, Jamalov avvalgi bosqiçlarda Olimpiada finalçisi Magomedhabib Nurmagomedov (neytral), 4 karra Yevropa çempioni Taymuraz Salkazanov (Slovakiya), Albaniya vakili Çermen Valiyev va tojikistonlik Valentin Rassadindan ustun kelgandi.

Şu tariqa Özbekiston kuraş jamoasi turnirni 1 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan yakunladi. Bungaça -67 kg vaznda Ğulomjon Abdullayev sovrindorlar qatoridan joy olgandi.

Umuman, Özbekiston delegatsiyasining barça medallari 10 taga yetdi — 6 oltin, 1 kumuş va 3 bronza.