«Uşbu ğalabam uçun Alhamdulillah!

Bugun Olimpiya öyinlari oltin medalini ğurur bilan qölimga tutib, eng avvalo bu qiyin va maşaqqatli yölni bosib öta olganim uçun Allohga şukronalik keltiraman. Nimaga erişgan bölsam, barçasiga Uning izni bilan erişdim.

Şuningdek, menga bor bilimi, tajribasi va çin yurakdan borini bergan murabbiylarimga çuqur minnatdorçiligimni bildiraman. Aynan sizning donoligingiz, sabr-toqatingiz va menga bölgan işonçingiz uşbu ğalaba yölidagi barça tösiqlarni yengib ötişimga yordam berdi. 

Özbekiston milliy jamoasi safida Olimpiya öyinlarida iştirok etiş imkoniyatini yaratib bergan Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzan Axmatoviçga ham alohida minnatdorçiligimni bildiraman. 

Va, albatta, barça muxlislarga katta rahmat! Sizning işonçingiz va yordamingizni har qadamda his qildim. Siz har qanday vaziyatda nima bölişidan qat’i nazar işonç bilan olğa yurişim uçun kuç berdingiz.

Bu medal – birgalikdagi mehnat va işonçning samarasidir. Yaratgan bizni yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga eriştirsin. Omin!», - deya yozadi Razambek Jamalov instagramidagi sahifasida Özbekiston, Doğiston va Çeçeniston sözlarini teg qilib.

Avvalroq, Habib Nurmagomedov öz yurtdoşini Olimpiada ğolibligi bilan tabriklagandi. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston şarafini himoya qilgan doğistonlik kuraşçi Olimpiya öyinlari erkin kuraş bahslarida -74 kg vazn finalida yaponiyalik Daiçi Takatanini mağlub etib, oltin medalga ega çiqdi. Çeçen millatiga mansub kuraşçi avvalgi bosqiçlarda Olimpiada finalçisi Magomedhabib Nurmagomedov (neytral), 4 karra Yevropa çempioni Taymuraz Salkazanov (Slovakiya), Albaniya vakili Çermen Valiyev va tojikistonlik Valentin Rassadindan ustun kelgandi.