2024 yilning birinçi yarmida Germaniyada har kuni qoçqinlarga örtaça uçta hujum sodir böldi. Bu haqda 11 avgust, yakşanba kuni Neue Osnabrücker Zeitung gazetasi xabar berdi. U Bundestagdagi söl partiya fraksiyasi söroviga federal hukumat tomonidan berilgan javobga tayangan.

Joriy yilning dastlabki olti oyida politsiya Germaniya böylab qoçqinlarga qarşi 519 ta hujumni qayd etgan. Huquqbuzarliklar, xususan, nafrat uyğotiş, qonunga xilof ravişda majburlaş va badanga oğir şikast yetkaziş bilan boğliq.

Hujum qilganlar asosan öng qaraşlarga ega bölgan

Tergovçilarga köra, 88 foiz hollarda hujumçilar öng qaraşlarga ega bölgan. Bundan taşqari, qoçqinlar boşpanalariga 69 ta hujum uyuştirilgan, deya aniqlik kiritdi KNA agentligi.

Hammasi bölib, 2023 yil oxirida 2450 ta hujum qayd etilgan bölib, ularning aksariyati Germaniya şarqidagi Saksoniya va Tyuringiyada sodir bölgan.

Bundestagning Söl partiyadan deputati Klara Byunger röy berayotgan voqealarni, xususan, mahalliy siyosatçilarning bayonotlari bilan izohladi. «Siyosatçilar tomonidan qöllanadigan irqçilik şiorlari va irqçilik harakati hamda köçalardagi hujumlar örtasida yaqin aloqa borligi uzoq vaqtdan beri ma’lum», dedi u. 

Tyuringiyada saylovçilarning 30 foizi öng populistlar tarafdori

Tyuringiya va Saksoniya federal yerlarida 1 sentabrda yangi mahalliy parlamentlari saylanadi. 

ZDF Politbarometer söroviga köra, Tyuringiyada saylovçilarning 30 foizi «Germaniya uçun muqobil» (GuM) populist partiyasi uçun ovoz berişga tayyor. Undan keyingi örinlarda 21 foiz ovoz bilan Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va 19 foiz ovoz bilan «Sara Vagenknext ittifoqi» bormoqda. Söl partiya 15 foiz, Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) esa bor-yöği yetti foiz ovozga ega. 

Sörov natijalariga köra, XDI Saksoniyada 34 foiz bilan yetakçilik qilmoqda, GuM esa atigi tört foiz orqada. «Sara Vagenknext ittifoqi»ga 11 foiz, «yaşillar» va GSDPga olti foizdan işonç bildirilgan.