Özbekiston hisobidagi 13 ta medaldan iborat jamğarma tarkibi – 8 ta oltin, 2 ta kumuş va 3 ta bronzadan iborat böldi.

Bu galgi öyinlarda özbek sporti qayd etgan muhim natijalar:

  • tarixda ilk marta özbekistonlik ayol sportçi Olimpiadaning oltin medaliga sazovor böldi;
  • erkaklar boksidagi 7 ta vazn toifasidan 5 tasida özbekistonliklar çempion böldi;
  • delegatsiyaning birdaniga uç a’zosi olimpiya öyinlarining ikki karra çempioniga aylandi;
  • olimpiadalarda ilk bor özbekistonlik dzyudoçilar 3 ta, tayekvondoçilar esa 2 ta medalni qölga kiritdi;
  • özbek sporti Parij olimpiadasida futbol, suvga sakraş, kamondan otiş va ayollar kuraşi böyiça debyut qildi.

Ta’kidlaş kerak, prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yilda olimpiadaga tayyorgarlik haqida töxtalar ekan, Parijda medallar böyiça yetakçi 15 ta mamlakat qatoridan joy oliş uçun hamma imkoniyatlar borligini qayd etgandi.

Yakuniy medallar jadvali

Parij olimpiadasining umumjamoa hisobidagi ğolibi Amerika Qöşma Ştatlari böldi: amerikaliklar 40 ta oltin, 44 ta kumuş va 43 ta bronza (jami 126 ta medal)ni qölga kiritdi. Xitoy ham 40 ta oltin qölga kiritgan bölsa-da, kumuş medallar soni böyiça AQŞdan ortda qoldi: 40 ta oltin, 27 ta kumuş va 24 ta bronza (jami 91 ta medal). Uçinçi örinni Yaponiya delegatsiyasi band qildi: 20 ta oltin, 12 ta kumuş va 13 ta bronza (jami 45 ta medal).

Özbekistonlik sovrindorlar tarkibi

Oltin medal:

  • Diyora Keldiyorova (dzyudo, -52 kg)
  • Uluğbek Raşitov (taekvondo WT, -68 kg)
  • Razambek Jamalov (erkin kuraş, -74 kg)
  • Hasanboy Dösmatov (boks, -51 kg)
  • Abdumalik Xalokov (boks, -57 kg)
  • Asadxöja Möydinxöjayev (boks, -71 kg)
  • Lazizbek Mullojonov (boks, -80 kg)
  • Bahodir Jalolov (boks, +92 kg)

Kumuş medal:

  • Akbar Jörayev (oğir atletika, -102 kg)
  • Svetlana Osipova (taekvondo WT, +67 kg)

Bronza medal:

  • Muzaffarbek Töraboyev (dzyudo, -100 kg)
  • Alişer Yusupov (dzyudo, +100 kg)
  • Ğulomjon Abdullayev (erkin kuraş, -57 kg)

Özbekistonning yozgi olimpiadalardagi natijalari

OlimpiadaSportçiOltinKumuşBronzaJamiÖrin
Atlanta–199671011258
Sidney–200070112443
Afina–200470212534
Pekin–200856013462
London–201254003375
Rio–2016704271321
Tokio–202067302532
Parij–2024868231313

Birozdan keyin Parijdagi “Stad-de-Frans” stadionida XXXIII yozgi olimpiadaning yopiliş marosimi bölib ötadi. Unda Özbekistonning bayroqdori vazifasini taekvondoçi Uluğbek Raşitov bajaradi.

2028 yilgi yozgi olimpiada AQŞning Los-Anjyeles şahrida, 2032 yilgisi Avstraliyaning Brisban şahrida bölib ötadi.