Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylaşgan «Zomin» turistik-rekreatsion zonasidagi osma dor yöli 12 avgustdan 18 avgustgaça işlamaydi. Bu haqda Turizm qömitasi xabar berdi.
«Osma dor yöli faoliyati sayyohlarning xavfsizligini ta’minlaş maqsadida bir yilda bir marotaba ötkaziladigan profilaktika işlarini olib boriş uçun vaqtinça töxtatilişini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Osma dor yöli 2023 yil avgustida oçilgan. Uning uzunligi 2102 metr bölib, 12 ta minorali 11 ta ustunga ega va soatiga 1200 sayyohga xizmat körsatadi. 133,3 mlrd sömlik loyiha Şveytsariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilgan.












