Kuçli yomğirlar oqibatida yuzaga kelgan suv toşqinlaridan hozirgaça Markaziy va Ğarbiy Afrikada 700 mingdan ortiq odam jabrlangan.

Bu haqda jahon taşkiloti boş kotibi rasmiy vakili örinbosari Farxon Haq matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Kuçli yomğir va suv toşqini Markaziy Afrika Respublikasi, Çad, Kot-d'Ivuar, Kongo Demokratik Respublikasi, Liberiya, Niger, Nigeriya, Mali va Togoga zarar yetkazdi, dedi u. 

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti kuçli yomğirlar oqibatida yuz minglab odamlarga zarar yetkazgan toşqinlardan qattiq xavotirda, dedi Haq. 

«Bunça miqdordagi yoğingarçilikning yomğirli mavsum dastlabki ikki oyida kuzatilgani taşvişlidir», — dedi taşkilot vakili. 

BMT hamkorlar bilan işlamoqda hamda kuçli yomğir va toşqinlardan jabr körgan mamlakatlarga yordamni kuçaytirdi, dedi u. 

Oziq-ovqat, boşpana, suv va sanitariya xizmatlarini taqsimlaşni ta’minlaş böyiça harakatlar olib borilmoqda, deya qöşimça qildi u. 

BMTning Favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş markaziy jamğarmasi joriy yilda Kongo Demokratik Respublikasi va Niger hukumatlariga suv toşqini oqibatlarini bartaraf etiş uçun jami 10 million dollarlik yordam körsatdi.