15 avgust kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Parij Olimpiadasi ğoliblari va sovrindorlari bilan uçraşişni rejalaştirgan edi. Biroq bu tadbir keyinga qoldirildi, deb xabar berdi Kazinform.

Qozoğiston prezident matbuot kotibi Berik Uali bergan ma’lumotga köra, sportçilarda koronavirus aniqlangan.

«Prezident Parij Olimpiadasi sovrindorlari va murabbiylarini davlat mukofotlari bilan taqdirlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Töqayev bugun terma jamoa azolari bilan uçraşişni rejalaştirgandi. Afsuski, sportçilar va murabbiylarning yarmida koronavirus aniqlangan. Şuning uçun yiğiliş qoldirildi. Sportçilar va murabbiylarning tezroq soğayib ketişini tilab qolamiz», dedi u.

Uning ta’kidlaşiça, davlat rahbari Olimpiya öyinlari sovrindorlarini albatta qabul qiladi. Yiğiliş avgust oyining oxirida Oqördada ötkazilişi rejalaştirilgan.

Qozoğistonlik sportçilar Parij olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumuş va 3 ta bronza medalini qölga kiritib, umumjamoa reytingida 43-örinni egalladi.