Senatning 55-yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi Konstitutsiyaviy Qonun muhokama qilindi.

Ta’kidlanişiça, qonun Hukumat faoliyatini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlaştiriş va uning zamonaviy şaroitda samarali işlaşini ta’minlaşga qaratilgan.

Qonun bilan Vazirlar Mahkamasining vazifa va vakolatlariga doir bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi. Xususan, ijro etuvçi hokimiyatning iqtisodiyot, budjet, moliya, soliq, ijtimoiy, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş sohalaridagi vakolatlari aniq belgilanadi.

Şuningdek, Boş vazir, uning örinbosarlari va vazirlarni lavozimiga tayinlaş va lavozimidan ozod etiş tartibi, ularning majburiyatlari, vazifalari hamda şaxsiy javobgarligi aniqlaştirilmoqda.

Bundan taşqari, qonunda Hukumat faoliyatining mas’uliyati va oçiqligini oşirişga qaratilgan qator muhim özgarişlar aks etgan. Jumladan, Boş vazir, uning örinbosarlari va vazirlar har yili Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga mamlakatimiz hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan hisobot taqdim etişi nazarda tutilgan.

Hukumat faoliyatida iş tartibini soddalaştiriş uçun yangiça yondaşuvni ta’minlaş maqsadida mazkur qonun bilan Vazirlar Mahkamasi doirasidagi barça masalalar Hukumat majlislarida hal etilişi belgilab qöyilmoqda.

Şu bilan birga, vazirlarning turli yönalişlar böyiça mas’uliyati va şaxsiy javobgarligi kuçaytirilmoqda.

Jumladan, özi rahbarlik qilayotgan vazirlikda işni samarali taşkil etişi, biriktirilgan soha va tarmoqlarda yagona davlat siyosatini samarali olib borişi, uni rivojlantiriş böyiça natija va oqibatlar uçun şaxsan javobgar bölişi belgilanadi.

Qonun Senat tomonidan ma’qullandi.