Senatning yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ekstremizmga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi Qonun körib çiqildi va ma’qullandi.

Qayd qilinişiça, bugungi kunda ekstremizmning şakl va körinişlari tobora özgarib, uning xavfi nafaqat diniy, balki boşqa ekstremistik ğoya va harakatlar orqali ham namoyon bölmoqda. Şu munosabat bilan ekstremizmning barça körinişlariga qarşi kuraşişning huquqiy mexanizmlarini takomillaştiriş zarurati yuzaga kelgan.

Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartirişlar kiritilib, ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni tayyorlaş, saqlaş va tarqatiş bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralari liberallaştirilmoqda. Xususan, bunday harakatlarni birinçi marta sodir etganlik uçun jinoiy javobgarlik bekor qilinib, ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda, takroran sodir etilgan taqdirdagina jinoiy javobgarlik yuzaga kelişi qayd etilmoqda.

Şuningdek, «Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Qonun takomillaştirilib, ekstremizm tuşunçasiga aniq ta’rif berilmoqda. Şuningdek, ekstremizmga oid jinoyatlar aniq doirasini belgilaş, ekstremizmning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş böyiça davlat dasturlarini amalga oşiriş, ekstremistik taşkilotlar va materiallarning elektron reyestrini yuritiş, xavf-xatarlarni monitoring qiliş hamda baholaşning huquqiy asoslarini mustahkamlaş nazarda tutilmoqda. Şuningdek, qonunçilikdagi «diniy ekstremizm» atamasi «ekstremizm» atamasi bilan almaştirilib, huquqni qöllaş amaliyotida yagona huquqiy yondaşuv ta’minlanmoqda.

Qonun bilan ekstremizmga qarşi kuraşiş sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş, ekstremistik faoliyat haqida xabar bergan şaxslarni himoya qiliş va rağbatlantiriş, Internet tarmoği hamda ommaviy axborot vositalarida ekstremistik ğoyalar tarqalişining oldini olişga qaratilgan qöşimça mexanizmlar ham joriy etilmoqda. Şu bilan birga, ekstremistik taşkilotlarni e’tirof etiş tartibi hamda ekstremizmga oid jinoyat sodir etgan şaxslarni qayta ijtimoiylaştiriş mexanizmlari ham takomillaştirilmoqda.













