Dunyodagi eng baland bir arkali temiryöl köprigi birinçi marta Kaşmirni mamlakatning qolgan qismi bilan temiryöl orqali boğlaydi. Hind temiryöllariga Jammu ştatidagi Çenab daryosi ustidan ötgan köprik qurilişini yakunlaşga 20 yil kerak böldi.

Eyfel minorasidan 35 metr balandroqda joylaşgan köprik öziga xos infratuzilma loyihasi bölib, tez orada Bakkal va Kauri tumanlari örtasida birinçi poyezd harakatlanişi kerak. 272-kilometrli temiryöl Jammu orqali ötib, oxir-oqibat Kaşmir vodiysiga yetib boradi. Şu paytgaça Kaşmir bilan temir yöl aloqalari qiş kunlarida qor böronlari sabab tez-tez uzilib qolardi.

Ekspertlarning ta’kidlaşiça, yangi temiryöl tarmoği Hindistonga notinç çegara mintaqasida strategik ustunlikni beradi. Kaşmirning Himolay hududidan ötgan qismi uzoq yillardan beri Hindiston va Pokiston örtasidagi mojaroli hudud bölib kelmoqda. Yadroviy qurolga ega qöşnilar 1947 yilda mustaqilikka erişganidan beri ikki marotaba uruşgan. Ikkalasi ham butun Kaşmirga da’vo qiladi, ammo uning ayrim qismgina nazorat ostida.

«Temiryöl köprigi butun yil davomida çegara hududiga harbiylar va texnikalarni taşiş imkonini beradi» — deydi köprikni qurgan Afcons Infrastructure pudratçisi direktori örinbosari Giridxar Radjagopalan.

Bu Hindistonga özining «ğarbiy va şimoliy çegaralarida Pokiston hamda Xitoy tomonidan amalga oşiriladigan har qanday harakatlarni töxtatiş böyiça strategik maqsadiga erişişga yordam beradi», — deydi strategik masalalar böyiça mutaxassis Şruti Pandalay.

Temiryöl tarmoği keng kölamli infratuzilmaviy islohotning bir qismi hisoblanadi — uning doirasida avtomagistrallar, temiryöl va elektr stansiyalarini quriş böyiça 50 dan ortiq loyiha mavjud. Boş vazir Narendra Modi hukumati Jammu va Kaşmirni maxsus maqomdan mahrum qilib, 2019 yilda ştatni ikkita federal boşqariladigan hududga ajratgan.

Çenab köprigining qurilişi 2003 yilda ma’qullangan, ammo hudud relefining murakkabligi, xavfsizlik muammolari va sud mojarolari tufayli çözilib ketdi.