Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlaridagi vaziyat munosabati bilan Özbekiston fuqarolariga «zaruriy ehtiyot çoralarini körişni, zarurat bölmasa köçaga çiqmaslikni, şuningdek, odamlar köp yiğiladigan joylarga borişdan saqlanişni va jamoat joylariga taşriflarni çeklaşni tavsiya qildi». Bu haqda diplomatik vakolatxonaning murojaatida aytiladi.
«Iloji bölsa, uşbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtinçalik masofaviy ta’lim formati (onlayn)ga ötişni tavsiya qilamiz», — deyiladi murojaatda.
Özbekiston fuqarolari konsullik yordami yoki maslahatga muhtoj bölgan taqdirda, Moskvadagi elçixonaning konsullik bölimining koll-markaziga murojaat qilişi mumkin: +7−499−238−36−20; +7−499−230−00−76. Elektron poçta manzili: [email protected].
6 avgust kuni ertalab Ukraina qöşinlari Rossiyaning Kursk viloyatiga kirib keldi. Rasmiy Kiyev Rossiyaning çegaradoş hududlarida Ukraina «xavfsizligini ta’minlaş bilan boğliq muammolar hal qilinayotgani»ni ta’kidlab, «bu hududlarni bosib olişdan manfaatdor emasligini» bildirdi.












