Rossiyaning Belgorod viloyatida joylaşgan Belgorod suv ombori Ukraina tomonidan amalga oşirilgan hujumlar ortidan sayozlaşib ketdi. Bu haqda mahalliy Telegram kanallari xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinişiça, iyul oyida suv ombori töğoniga qilingan bir neçta zarbalardan keyin gidrotexnika inşootida nazoratsiz suv oqizilişi boşlangan. Mahalliy hokimiyatlar uşbu jarayonni töxtata olmagani sababli suv sathi keskin pasaygan.

«Pepel Belgorod» Telegram kanali ma’lumotiga köra, suv ombori deyarli Severskiy Donets daryosining tarixiy özani darajasigaça sayozlaşgan.

Hodisa joyidan tarqatilgan foto va videolar ham suv omboridagi suv miqdori sezilarli darajada kamayganini tasdiqlamoqda. Belgorodlik urbanist Vladimir Titovning aytişiça, hozirda suvning çuqurligi turli hududlarda 10 santimetrdan 40 santimetrgaça bölgan körsatkiçni taşkil etmoqda.

Ma’lumotlarga köra, Ukraina iyul oyida Şebekino okrugining Bezlyudovka va Grafovka qişloqlari yaqinida joylaşgan Belgorod suv ombori töğoniga ikki marta zarba bergan. Bu esa suvning jadal va nazoratsiz ravişda çiqib ketişiga sabab bölgan.

Belgorod suv ombori avval ham bir neça bor raketa va dronlar hujumiga uçragan. Xususan, 2025 yil oktyabr oyidagi zarbalar gidrotexnika inşootlariga şikast yetkazib, suv omboridan katta hajmda suv çiqib ketişiga olib kelgan.