Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qozoğiston boş vaziri örinbosari – taşqi işlar vaziri Murat Nurtleuning telefon orqali muloqoti çoğida ikki tomonlama hamkorlik holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Bu haqda Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

«Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning joriy yil avgust oyida Ostona şahriga davlat taşrifi yakunlari böyiça Qozoğiston bilan Özbekiston örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini har tomonlama çuqurlaştirişga qaratilgan oliy darajadagi kelişuvlarni amaliy amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi bayonotda.

Tomonlar, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar böyiça fikr almaşdi va kelgusi davr uçun xalqaro tadbirlar jadvalini muhokama qildi.

«Qozoğiston boş vaziri örinbosari – taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali muloqot qildik. Ikki tomonlama, mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzularni muhokama etildi. Oliy darajada erişilgan barça kelişuvlarni öz vaqtida amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, biz strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarimizdagi misli körilmagan dinamikani qayd etdik», — deb yozdi Özbekiston TIV rahbari öz Telegram-kanalida.