Toşkentda firibgarlik yöli bilan köplab odamlarning pulini özlaştirib olgan şaxs qölga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Samarqand viloyatida yaşovçi B.O‘. içki işlar organlariga murojaat qilib, noma’lum şaxs firibgarlik yöli bilan bank kartasidan 7,3 mln söm pulni özlaştirganini aytgan. Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toşkent şahrida yaşovçi K.A. sodir etganligi aniqlangan.
Ma’lum bölişiça, gumonlanuvçi K.A. jabrlanuvçiga qönğiroq qilib, unga “Lamifarm” taşkiloti tomonidan ötkazilayotgan tanlovda televizor va konditsioner yutib olganliginini bildirgan. Söngra uşbu yutuqlarni oliş uçun yetkazib beriş xizmatiga 200 ming söm ötkazib beriş kerakligi hamda telefon qurilmasiga kod kelişini aytgan. Jabrlanuvçi Payme ilovasidan kelgan kodni aytişi bilan K.A. uning bank kartasidagi 7,1 mln söm pulni ötkazib olgan hamda özini qora röyxatga kiritib qöygan.
Olib borilgan tezkor suriştiruv işlari davomida, uşbu şaxs telegramda “Call center” nomli akkaunt oçib, ming nafardan ortiq fuqaroning 550 mln söm pullarini özlaştirib olgani aniqlangan.
Holat yuzasidan K.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (axborot tizimidan, şu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq Namanganda soxta treyderga işongan ayol qariyb 100 mln sömga çuv tuşgandi.










