Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2024 yil 15 avgust kuni Toşkent – Kuala-Lumpur (Malayziya) yönalişi böyiça amalga oşirgan qatnovida (HY553) yölovçilarning qimmatbaho buyumlarini öğirlaşga uriniş sodir böldi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.
Qayd qilinişiça, samolyot Kuala-Lumpurga yetib borgaç, havo kemasi ekipaji tomonidan [yölovçilarning buyumlari yöqolgani yuzasidan] politsiya çaqirilgan. Söngra politsiya havo kemasini közdan keçirgan. Şunda [yöqolgan] buyumlar topilgan. [Öğrilikda] gumon qilingan çet el fuqarolari uşlangan va vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida Malayziya poytaxti politsiya xizmatiga olib ketilgan.
Aviakompaniya yölovçilarning qöl yuki uçun javobgar emasligini, qimmatbaho buyumlar va pul mablağlari har doim yölovçining özida turişi kerakligini eslatmoqda. Bundan taşqari, jomadonlarni qat’iy ravişda örindiq tepasida joylaştiriş tavsiya etiladi.
Avvalroq, rossiyaliklar Uzbekistan Airways reyslarida öğrilar paydo bölgani haqida şikoyat qilgani haqida xabar berilgan edi. Ularning ta’kidlaşiça, tungi reyslarda xitoyliklar boşqa yölovçilarning pullari va qimmatbaho buyumlarini öğirlamoqda.












