Migratsiya böyiça xalqaro taşkilot ma’lumotlariga köra, 2024 yil boşidan 12 avgustga qadar Yevropa Ittifoqi hududiga noqonuniy kiriş bilan boğliq 91 ming 974 ta holat qayd etilgan — bu bir yil oldingi körsatkiçdan 30,6 foizga kam.

Öz navbatida YeI taşqi çegaralarini qöriqlaş böyiça agentlikning ma’lum qilişiça, 2024 yilning yetti oyida Yevropa Ittifoqi çegaralarini noqonuniy kesib ötiş 36 foizga — 113,4 mingtagaça kamaygan. Bu boradagi körsatkiçlar eng köp Ğarbiy Bolqon va Markaziy Örta yer dengizi yönalişida qayd etilgan — mos ravişda 75 foiz va 64 foiz.

Welt am Sonntag gazetasining aniqlik kiritişiça, yuqoridagi körsatkiçlarning kamayişi Italiyaga dengiz orqali migratsiya kamaygani bilan boğliq. Yevrokomissiya esa buni nazorat organlari faoliyati bilan izohladi: «Aftidan, bu Liviya va Tunis hukumatlari tomonidan migratsiyani tartibga soliş hamda kontrabandaga qarşi kuraşiş operatsiyalari ötkazilayotgani bilan boğliq».

Italiya yaqinda Şimoliy Afrikaning uşbu ikki davlati bilan diplomatik aloqalar va iqtisodiy hamkorlikni faollaştirgan.

Taqiqlarni aylanib ötişning yangi yöllari paydo böldi

Şu bilan birga, Italiya yönalişidagi körsatkiçlar kamayişi fonida, bu yil Şimoliy Afrikadan Atlantika okeani böylab Kanar orollari orqali xavfli marşrut bilan kirib keliş holatlari keskin oşdi (+148 foiz). Bundan taşqari, şarqiy yönalişdagi — Gretsiya orollari orqali ötişlar ham köpaygan (+57 foiz).

Huquq-tartibot organlarning sa’y-harakatlari fonida taqiqlarni aylanib ötişning yangi mexanizmlari paydo bölmoqda. Ulardan biri YeIga a’zo davlatlar xavfsizlik organlariga tayyorlangan maxfiy hisobotda keltirilgan. «Iyun oyidan beri Madrid—Baraxas aeroportida yoş mavritaniyaliklarning boşpana sörab qilgan murojaatlari soni keskin oşgan», — deyiladi hujjatda.

Ta’kidlanişiça, mavritaniyalik migrantlar Kasablankadan (Marokaş) Janubiy Amerikaga uçadigan reyslarga çiptalarni bron qilmoqda. Madridda boşqa samolyotga miniş kerak bölganida ular pasportlarini yöq qilib, boşpana söramoqda. 2023 yilda Ispaniyadan boşpana söragan mavritaniyaliklar soni 60 nafarni taşkil etgan bölsa, joriy yilning iyunida bu kabi 260 ta holat qayd etilgan.