Iyul oyida AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) agentlari 49,5 ming nafar migrantni qoʻlga oldi, bu iyun oyidagi (43 ming kishi) koʻrsatkichdan 15 foizga koʻp. Associated Press xabariga koʻra, bu AQSH prezidenti Donald Trampning ikkinchi muddati davomidagi rekord koʻrsatkich.
Donald Tramp lavozimiga kirishishidan bir oy oldin hibsga olishlar soni oyiga taxminan 8 ming kishini tashkil etgan. Ular asosan mamlakatdan chiqarib yuborish uchun qamoqxonalardan ICE ixtiyoriga topshirilgan migrantlar edi.
Tramp ikkinchi prezidentlik muddatining boshidanoq noqonuniy migratsiyaga qarshi keng koʻlamli kampaniyani boshladi. Xususan, u AQShda tugʻilgan bolalar uchun avtomatik fuqarolik huquqini bekor etishga harakat qildi. Keyinchalik Oliy sud prezident farmonini Konstitutsiyaga zid deb topib, ushbu tashabbusni rad etdi.








