Tinç okeanida joylaşgan Solomon orollarida yer ostidan Ikkinçi jahon uruşi davriga oid öq-dorilar ombori topildi.
Solomon Qirollik politsiyasi ma’lumotlariga köra, öz vaqtida Amerika qöşinlariga tegişli bölgan 200 dan ortiq snaryad maktab işçisining uyi yaqinida, maktabga oqava suv keltiriş uçun çuqur qazilayotganda topildi. Zang bosgan snaryadlar qazib olinib, maxsus joyga olib ketildi.
Ikkinçi jahon uruşi avjiga çiqqan paytda Yaponiya va Qöşma Ştatlar Solomon orollarini nazorat qiliş uçun şiddatli kuraş olib borgandi, oqibatda Janubiy Tinç okeani arxipelagi portlamagan öq-dorilarga tölib ketgan, ular bugun ham odamlarning hayotiga xavf solmoqda.
20 avgust kuni inspektor Klifford Tunuki yillar davomida yer ostida yaşiringan qurol-yaroğ ombori xavfsiz joyga ötkazilganini va endi ularni zararsizlantiriş kutilayotganini aytdi.
Solomon orollari poytaxti Xoniar şahridagi maktabda darslar bir neça kunga töxtatildi.

Foto: Solomon orollari Qirollik politsiyasi
Bu topilma Tinç okeani mintaqasida Ikkinçi Jahon uruşidan qolgan qurollarning bir qismi.
Tinç okeanidagi Solomon orollari, Papua-Yangi Gvineya va Palau kabi orollarga minglab bombalar taşlangan, ularning aksariyati portlamay qolgan. Bundan taşqari uruş davrida barça orollarda öq-dori omborlari taşkil etilgan.
Ta’kidlaş joiz, 2020 yilda Honiarada bombalarni zararsizlantiriş böyiça ikki xorijiy ekspert halok böldi, ular butun mamlakat böylab eski qurol-yaroğ omborlarining xaritasini tuzayotgandi.
2021 yilda esa Honiaradagi uyning orqa hovlisidan Ikkinçi jahon uruşida portlamay qolgan 100 dan ortiq bomba topildi.











