Xorazmda metallolomga topşirilgan snaryad portlaşi voqeasida harbiy xizmatçilarning aloqasi yöq, deya ma’lum qildi Özbekiston Mudofaa vazirligi.

Vazirlikka köra, portlagan snaryad mahalliy çöponlar tomonidan özboşimçalik bilan qazib olingan va metallolomga topşirilgan.

«Bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga zudlik bilan xabar qilişi şart.

Uşbu voqeaga harbiy xizmatçilarning heç qanday aloqasi yöq va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilamiz. Mazkur turdagi snaryad Özbekiston Qurolli Kuçlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga köra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qöllangan», — deyiladi Mudofaa vazirligi axborotida.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan Özbekiston Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, portlaş 11 aprel kuni Yangiariq tumanidagi metallolom yiğiş şoxobçasida röy bergan, oqibatda şu yerda işlovçi 31 yoşli fuqaro vafot etgan.