AQŞ prezidenti Jo Bayden Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon suhbatida Qohirada öt oçişni töxtatiş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça bölajak muzokaralarni muhokama qildi, şuningdek, Isroilni Vaşingtonning doimiy qöllab-quvvatlaşiga işontirdi, deyiladi çorşanba, 21 avgust kuni Oq uy saytida çop etilgan bayonotda. 

Amerika prezidenti va Isroil boş vaziri AQŞning Eron tahdidlari, jumladan Tehron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiyçilar, şuningdek, Hamas va «Hizbulloh» guruhlariga qarşi Isroil mudofaasini qöllab-quvvatlaş borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qildi. Qayd etilişiça, suhbatda AQŞ vitse-prezidenti, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Harris ham iştirok etgan. 

Yaqin Şarqdagi keskinlaşuv

2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Hamasning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida Hamasga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 40 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.