AQŞ 2026-yil oxirida Isroilga yordam körsatişni töxtatadi, çunki mamlakat endi bu kömakka muhtoj emas va qurol-yaroğlarni mustaqil ravişda xarid qilişga qodir. Bu haqda Oq uy rahbari Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
«Biz ularga 4 milliard dollar berib keldik - hozir ham beryapmiz - lekin yil oxiriga borib bu tölovlar töxtatiladi», - dedi u.
AQŞ yetakçisining sözlariga köra, uşbu kömak «tovarlar va pul mablağlari»ni öz içiga olgan.
Tramp bu yordamni töxtatiş masalasini bir neça yil davomida Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan muhokama qilganini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, bu masalani Netanyahuning özi kötargan.
«Ularga buning keragi yöq. Isroil - juda farovon mamlakat», - dedi Tramp.
Fox News telekanalining qayd etişiça, amaldagi kelişuv 2028-yilga qadar har yili taxminan 3,8 milliard dollar miqdorida yordam ajratilişini nazarda tutadi.
May oyida Netanyahu CBS News telekanaliga bergan intervyusida yaqin ön yil içida AQŞ harbiy yordamidan bosqiçma-bosqiç voz keçiş tarafdori ekanini maʼlum qilgan edi.
Mamlakatlar örtasidagi moliyaviy munosabatlarni qayta körib çiqiş zarurati haqidagi savolga javob berar ekan, Netanyahu AQŞ Isroilga körsatadigan yillik 3,8 milliard dollarlik yordami «bosqiçma-bosqiç töxtatilişi kerak»ligini taʼkidlagan. Uning sözlariga köra, bu jarayonni AQŞ Kongressi tarkibi özgarişini kutmasdan, «hozirning özidayoq» boşlaş mumkin.
Costs of War Project tadqiqoti maʼlumotlariga köra, 2025-yil oktabr holatiga AQŞ ikki yil içida Isroilga harbiy yordam körsatiş uçun 21,7 milliard dollar sarflagan.
2025-yil mart oyida AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Donald Tramp 20-yanvar kuni AQŞ prezidenti lavozimiga kirişganidan buyon uning maʼmuriyati Isroilga taxminan 12 milliard dollarlik harbiy texnika yetkazib berişni maʼqullaganini maʼlum qildi.












