Eron parlamenti 21 avgust kuni prezident Mas’ud Pizişkiyon taklif qilgan Vazirlar Mahkamasining barça a’zolarini tasdiqladi. Prezident yigirma yildan ortiq vaqt içida birinçi marta barça tarafdorlarini uşbu organ orqali ötkazişga muvaffaq böldi, deb yozdi Al-Arabiya.

Naşrning qayd qilişiça, uşbu hodisa Ibrohim Raisiiy vertolyotda halok bölganidan söng prezidentlikka saylangan uzoq yillik deputat Pizişkiyonning erta ğalabasini anglatadi.

Deputatlar roziligini oliş Pizişkiyonning munozarali qarorlar qabul qilişdan köra, Eron teokratiyasidagi barça kuç markazlari uçun ma’qul bölgan nomlar bilan konsensus kabinetini tanlaganini körsatadi.

Pizişkiyonning yangi vazirlar mahkamasi a’zolari orasida 61 yoşli Abbos Aroqçiy ham bor, u Eronning yangi taşqi işlar vaziri böladi. Aroqçiy 2015 yilda dunyo kuçlari bilan yadroviy kelişuvga erişgan Eron muzokaralar guruhi a’zosi bölib, Tehronning yadroviy dasturini çeklaş evaziga sanksiyalar bekor qilinişiga erişgan.

2018 yilda prezident Donald Tramp Qöşma Ştatlarni yadro kelişuvidan olib çiqib, Eronga qarşi yangi sanksiyalar joriy qilgan edi. Pizişkiyon prezidentlik kampaniyasi davomida yadroviy kelişuvni jonlantirişga harakat qilişini aytdi.

Qonunçilar tomonidan eng köp qöllab-quvvatlangan nomzod mamlakatning yangi mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda böldi, u amaldagi 288 deputatdan 281 nafarining ovozini oldi. Nosirzoda 2018 yildan 2021 yilgaça Eron havo kuçlari boş qömondoni bölgan.

Soğliqni saqlaş vaziri Muhammad Rizo Zafarqandiy eng kam ovoz töplagan — 163 ta. Uy-joy va yöllar vaziri Farzona Sodiq, 47 yoşli arxitektor 231 ovoz oldi. U Eronning ön yildan ortiq vaqt içidagi birinçi ayol vaziri böldi.

Parlament, şuningdek, razvedka vaziri sifatida Ismoil Xatib hamda Adliya vaziri sifatida Amin Husayn Rahimiyni tasdiqladi. Abbos Aliobodiy energetika vaziri böldi. Uçalasi ham Raisiy davrida Vazirlar Mahkamasida işlagan.

Naşrning eslatişiça, bundan oldin faqat Muhammad Xotamiy 1997 va 2001 yillarda prezident sifatida taklif qilgan barça nomzodlarini parlament tasdiğidan ötkazgan edi.