Germaniyaning BMW avtomobil işlab çiqaruvçisi Yevropada elektromobillar savdosi böyiça ilk bor Amerikaning Tesla kompaniyasidan özib ketdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Tahlilçilarning fikriça, Yevropa Ittifoqida BMW elektromobillari savdosi 2024 yil iyulida qariyb 33 foizga oşib, 14 869 donaga yetgan. Şu bilan birga, Tesla sotuvi 16 foizga kamayib, xuddi şu davrda 14 561 donani taşkil etdi.
Agentlik ta’kidlaganidek, bu Yevropa kompaniyasining elektromobillar savdosi böyiça birinçi marta Tesla’dan özib ketişidir.
Şunga qaramay, Tesla yil davomida elektromobil yetkazib beriş böyiça hamon yetakçilik qilmoqda - 178 700 ta. BMW esa 97 525 ta.
Tesla sönggi oylarda butun dunyo böylab ta’minotning qisqarişini qayd qilmoqda. 2 iyul kuni kompaniya hisobotini e’lon qildi, unda 2024 yil ikkinçi çoragida ta’minot hajmi deyarli 5 foizga kamayganini körsatgan. Bu davrda Tesla 443 956 ta avtomobil sotdi, bu ötgan yilgi 466 140 donadan kam.












