Moskvadagi Basmanniy tuman sudi Ukrainaning Qozoğistondagi sobiq elçisi Pavel Vrublevskiyga nisbatan sirtdan hukm çiqardi. U adovat yoki nafrat qözğatiş moddasi böyiça aybdor deb topildi, deb xabar berdi 26 avgust, duşanba kuni Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari matbuot xizmati.

Sud qarori bilan Vrublevskiy olti yilga umumiy rejimli koloniyaga hukm qilindi. «Ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi jazoni ötaş muddati Petr Yureviç Vrublevskiy Rossiya Federatsiyasi hududiga ekstraditsiya qilingan paytdan yoki Rossiya Federatsiyasi hududida uşlangan paytdan boşlab hisoblanadi», — deyiladi xabarda. 

Vrublevskiyga qarşi iş

Rossiyada Vrublevskiyga nisbatan jinoiy iş uning qozoğistonlik bloger Dias Kuzairov bilan 2022 yil avgustida suhbatidan söng oçilgan edi. Öşa paytda Qozoğistondagi Ukraina diplomatik missiyasini boşqargan diplomat bloger bilan suhbatda Rossiyadan himoyalanayotgan öz mamlakatining maqsadi imkon qadar köproq ruslarni öldiriş ekanligini aytdi. «Biz hozir qança köp ruslarni öldirsak, bolalarimiz şunçalik kam öldirişga majbur böladi», dedi u. 

Şundan söng, Vrublevskiy Qozoğiston taşqi işlar vazirligiga çaqirilib, u yerda unga «bunday bayonotlar qabul qilinişi mumkin emasligi va xorijiy davlat elçisi faoliyatiga mos kelmasligi» aytilgan. «Bunday harakatlar davlatlar örtasidagi döstona munosabatlarga putur yetkazmasligi kerak», — deya ma’lum qilgan Qozoğiston taşqi işlar vazirligi. 

Uşbu mojaro fonida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Vrublevskiyni Qozoğistondagi elçi lavozimidan ozod qildi.