Buyuk Britaniyada 30 oktyabr kuni qabul qilinadigan davlat budjeti jamiyat uçun «oğriqli» böladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Kir Starmer Dauning-stritda joylaşgan qarorgohidagi çiqişi davomida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlaşiça, qirollikdagi iqtisodiy vaziyat «tasavvur qilganidan ança yomon» va u «yaxşilanişidan oldin yanada yomonlaşadi».

«Dastlabki bir neça hafta davomida biz davlat budjetida 22 milliard funt sterlingli «teşikni» topdik va kimdir «Voy, bu şunçaki közböyamaçilik yoki siyosiy öyinlar», deyişidan oldin, keling, Budjet mas’uliyati byurosi bundan bexabar bölganini aytib ötamiz… Oldingi hokimiyat buni yaşirib kelgani sabab ular buni bilmagan», — deydi Starmer.

Boş vazirning ta’kidlaşiça, u soliqlarni oşirmaslik (soğliqni saqlaş milliy tizimi böyiça stavka, QQS va daromad soliği) böyiça saylovoldi va’dasida turadi va budjet loyihasida uşbu soliqlarni oşiriş közda tutilmagan.

Kir Starmer barça öz qilmişi uçun javob beradigan vaqt kelganini aytdi. U öz navbatida Britaniya köl va daryolarining ifloslanişiga yöl qöygan suv ta’minoti operatorlariga qöllangan jarimalar va Sautportda uç nafar ösmirning ölimidan keyin yuzaga kelgan tartibsizliklar iştirokçilarini eslab ötgan. Stramerning qöşimça qilişiça, qamoqxonalarda joy qolmagani sabab ayrim mahbuslarning muddatidan oldin ozod etilişi — favqulodda majburiy çora.

«Ular qamoqxonalarimizni qay ahvolga solganidan xabar topganimda qançalik hayratga tuşganimni tasvirlab bera olmayman. Men şanba kungaça qamoqxona qura olmayman», — deydi Britaniya boş vaziri.