Polşa özining MiG-29 köp maqsadli qiruvçi samolyotlarini ularni almaştiriş uçun yangi jangovar samolyotlar olgandan keyingina Ukrainaga ötkazişi mumkin böladi. Bu haqda Polşa mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş ma’lum qildi, deb yozadi Wiadomości naşri 27 avgust, seşanba kuni.
Kosinyak-Kamiş Polşa rasmiylari Ukrainaga harbiy yordam körsatişga «bir neça milliard dollar» hissa qöşganini, bu borada qölidan kelganini qilganini eslatdi. Biroq, u Polşaning öz mudofaa qobiliyatini saqlab qolişni asosiy ustuvor vazifa deb atadi. «Ukrainalik hamkorlarimiz buni tuşunişlari kerak», dedi Polşa mudofaa vazirligi rahbari.
Uning sözlariga köra, hozirda Polşa harbiy-havo kuçlarida foydalanişda bölgan MiG-29 samolyotlarini Ukrainaga ötkaziş töğrisidagi qaror mamlakat yangi jangovar samolyotlarni olgandan keyingina qabul qilinişi mumkin. Gap, xususan, Varşava Qöşma Ştatlarga buyurtma bergan F-35 qiruvçi samolyotlari haqida ketmoqda - ular 2026 yildan keyin yetkazib beriladi. Ungaça Polşaning mavjud MiĞlari öz havo hududini himoya qiliş uçun kerak böladi, deya ta’kidladi Kosinyak-Kamiş.
Zelenskiy Polşadan MiG-29’ni söragandi
27 avgust kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sovet rusumidagi qiruvçilarni Ukraina qurolli kuçlariga ötkaziş uçun Polşaning roziligini olmoqçi ekanligini aytdi. «Bizga MiG juda kerak», dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy, şuningdek, Polşa Ukrainaga yirik havo hujumlari paytida Rossiya raketalari va uçuvçisiz uçoqlarini urib tuşiriş orqali ğarbiy mintaqalari osmonini himoya qilişda yordam berişni taklif qildi. Rossiya qurolli kuçlari tomonidan 26 avgustga ötar keçasi va öşa kuni ertalab mamlakatning 15 ta hududiga yuzdan ortiq raketa va yuzga yaqin hujumkor uçuvçisiz uçoqlar uçirilgan sönggi şunday ommaviy zarba berildi. Oqibatda önlab infratuzilma obektlari şikastlangan, qurbonlar va jarohatlanganlar bor. Uşbu hujum paytida Polşa öz harbiy-havo kuçlarini havoga kötardi.
Avgust oyi boşida Ukraina ğarb hamkorlaridan Amerikaning birinçi 10 ta F-16 qiruvçi samolyotini olgani ma’lum böldi. 27 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi tomonidan amalga oşirilgan yirik havo hujumidan söng, Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari uşbu qiruvçilarni Rossiyaga qarşi işlatişga tayyorlanayotganini aytdi.












