Gretsiya hukumati markaziy Volos şahridagi sayyohlik portini qoplagan yuz minglab ölik baliqlarni yiğib olişni boşladi. Rasmiylarga köra, sönggi 24 soat içida 40 tonnadan ortiq ölik baliq yiğilgan, deb ta’kidlaydi The Guardian.
28 avgust kuni maxsus kemalar baliqlarni yiğişga taşlangan törlarni tortib olib, ularni yuk maşinalariga ortgan. Aholi va rasmiylar baliqlarning badböy hidi yaqin atrofdagi restoran va mehmonxonalarga yetib bormasidan ularni yiğişga şoşilmoqda.

“Bunday manzara kilometrlab masofaga çözilgan”, — dedi şahar kengaşi a’zosi Stelios Limnios.
Volos meri Axilles Beosning aytişiça, portdagi hidga çidab bölmaydi. U hukumatni muammo şaharga yetib borguniça hal qilmaganlikda aybladi. Merning sözlariga köra, çirigan baliqlar uşbu hududdagi boşqa baliq turlari uçun ekologik halokatga olib kelişi mumkin.
Bu muammo ötgan yili Fessaliya tekisligini bosgan tarixiy toşqinlar tufayli yuzaga keldi, deya hisoblamoqda mutaxassislar. Suv toşqini oqibatida yaqin atrofdagi köl me’yoriy ölçamga nisbatan uç baravar kattalaşgan.
Şundan beri köldagi suv sathi keskin pasaymoqda, bu esa çuçuk suvda yaşovçi baliqlarni Pegasetik qöltiği va Egey dengiziga quyiladigan Volos portiga köçişga majbur qilyapti, ammo baliqlar bunday hududlarda yaşay olmaydi.
Mutaxassislarning sözlariga köra, Volosga daryo suvi quyiladigan joyda himoya tarmoği örnatilmagan. Baliq dengizga tuşganidan söng şör suvda nobud bölmoqda.
Mahalliy prokuratura tergov ötkazişga buyruq berdi.
Falokat Gretsiyadagi ekstremal ob-havo şaroitlarining sönggi körinişi deb atalmoqda. Olimlar buni iqlim özgarişi, jumladan, haroratning kötarilişi, örmon yonğinlari va suv toşqinlariga olib keladigan beqaror yoğingarçilik bilan boğlaşmoqda.
Volosdan 10 kilometr uzoqlikdagi plyaj restorani egasi 33 yoşli Dimosfenis Bakoyannisning aytişiça, bu yozda uning biznesi 80 foizga qisqardi, çunki suv toşqinidan keyin restoranga taşrif buyuradigan sayyohlar kamayib ketgan.












