Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga tazyiq va zöravonlik qurboni bölgan xotin-qizlarga himoya orderi beriş tartibini takomillaştirişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi 529-sonli qarori qabul qilindi.
Özgartiriş va qöşimçalar quyidagilarni nazarda tutadi:
- tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollarga himoya orderini YaIDXP orqali beriş;
- himoya orderini elektron şaklda beriş;
- himoya orderini beriş jarayonini avtomatlaştiriş;
- himoya orderini profilaktika inspektori tomonidan taşabbus tartibida beriş.
Hujjatda himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan tazyiq va zöravonlik holati yoki ularning yuzaga keliş xavfi aniqlangan paytdan boşlab 24 soat içida berilişi belgilangan. Bunda YaIDXP orqali himoya orderini rasmiylaştiriş va beriş bepul amalga oşiriladi.
2024 yil 1 dekabrdan boşlab bir kalendar yili davomida ikki va undan ortiq marta tazyiq va zöravonlik holati aniqlanganda, himoya orderi profilaktika inspektori tomonidan öz taşabbusi bilan beriladi.











