Rossiya armiyasi Pokrovsk yönalişidagi yurişini rivojlantirmoqda. Bir neça kun içida Ukraina qurolli kuçlarining Pokrovskdan 10 km janubi-şarqdagi muhim tayanç punkti — Novogrodovka egallandi va endi rayon markazining öziga hujum boşlaş mumkin. Pokrovsk va Mirnogradda bir neça kundan buyon aholi yoppasiga evakuatsiya qilinmoqda. BBC rus xizmati harbiy şarhlovçisi Ilya Abişev frontdagi sönggi özgarişlarni körib çiqdi.

Jami aholisi 100 ming kişi atrofida bölgan Pokrovsk va Mirnograd — Donetsk oblastining Ukraina nazoratida qolgan qismi markazi Kramatorskdan janubi-ğarbda joylaşgan sönggi yirik şaharlaridir. Pokrovsk — muhim logistik tugun bölib, u orqali Donetsk, Konstantinovka, Kramatorsk va mamlakat içkarisiga olib boruvçi trassalar ötadi.

Bu vaqtda esa Ukraina qöşini Kursk oblastida avgust oyidagi janglar mobaynida rossiyaliklar Donbassda egallaganidan köproq hududlarni egallab olgan. Ammo Ukraina qurolli kuçlari nazoratiga ötgan eng yirik aholi yaşaş manzili — 5 ming atrofida aholi yaşovçi Sudja şahri — bir haftalik janglar natijasida boy berilgan Novogrodovkaning özidan ikki barobar kiçikdir, agar ukrain qömondonligi vaziyatni önglaşga harakat qilmasa, yaqin vaqtlar içida boy berilişi mumkin bölgan Pokrovsk va Mirnograd şaharlari esa ança yirikroq şaharlardir.

Odamlar Pokrovskni yoppasiga tark etmoqda. Foto: Reuters

«Odamlar muammo haqida tobora köproq gapira boşladi»

Rossiya armiyasi Oçeretino qölga kiritilganidan va Pokrovsk yönalişida köplab sekin, qonli va umuman olganda muvaffaqiyatli hujum amaliyotlaridan keyin rayon markazi tomon yurişni boşladi. Frontning bu uçastkasida Rossiyaning «Markaz» qöşinlar guruhining asosiy kuçlari jamlangan va uning nisbatan eng jangovar zaxiralari ham şu yönalişga kiritilgan.

Köpçilik, jumladan ukrainalik harbiy ekspertlar ham Grodovka va unga qöşni Novogrodovka tez orada oldinga siljiyotgan Rossiya bölinmalari tomonidan işğol etilişiga amin, holbuki bungaça buning uçun köproq vaqt ketişi kutilgandi. Ammo, aftidan, Ukraina qurolli kuçlari Pokrovskning özida mudofaalanişga e’tibor qaratişga qaror qilgan.

«Mudofaa kuçlari yetarli bölmagan şahar hududlari yengib ötib bölmaydigan tösiq emas va ukrain qömondonligi, katta ehtimol bilan, Novogrodovka mudofaasi qurbonlar berişga arzimaydi deb hisoblagan», — deyiladi Amerikaning Uruşlarni örganiş instituti hisobotida.

Ukrainalik harbiy tahlilçi Oleksandr Kovalenkoning fikriça, Novogrodovka mudofaasini bir neça oy uşlab turiş mumkin:

«Novogrodovka çekkalarida ilk şturm harakatlari 21 avgust kuni boşlandi. Rossiya bosqinçi qöşinlari bir haftaga yaqin vaqt içida temiryöl böylab 3,5 km masofaga ilgariladi».

«Ta’kidlaşni istardimki, temiryöl hududidagi şturm harakatlari duşman uçun doimo qiyin keçgan va bu sun’iy tösiq daryo yoki suv havzalari kabi tabiiy tösiqlar qatorida turadi. Ammo bu safar emas», — deya davom etadi tahlilçi.

«Va gap Novogrodovkani Rossiya bosqinçi qöşinining saralangan maxsus topşiriqli kuçlari şturm qilayotganida emas, bunday gap yöq. Va muammo bu yerda pozitsiyalarni qança mumkin bölsa, şunça uşlab turgan jangçilarimizda ham emas. Muammoning xarakteri boşqaçaroq,  mendan farqli ölaroq, gapirişga haqliroq bölgan fuqarolar bu haqda tobora balandroq ovozda gapirmoqda», — deya yozadi Kovalenko.

Harbiy harakatlar maydoni xaritasida Rossiya yurişi nayzasi qaysi tomonga qaratilgani aks etgan. U ğarb tomon çuqur çözilgan va frontdan kelayotgan xabarlarga köra, Rossiya harbiy rahbariyati Pokrovsk tomon yurişga şoşilmayapti, balki qanotlar xavfsizligini ta’minlaşga harakat qilmoqda.

Ham rossiyalik, ham ukrainalik manbalarga köra, Novogrodovkadan janubda joylaşgan Selidovo şahri uçun janglar allaqaçon boşlangan.

Rossiya bölinmalari harakati qöşni yönalişda, Kuraxovo yönalişida ham kuzatilmoqda — köplab xabarlarga köra, bu yerda rossiyaliklar bir neça oylik janglardan keyin Konstantinovka qişloğini egallaşgan.

Bu qişloq boy berilişi ukrainlarning yana bir muhim tayanç punkti, janubi-ğarbda joylaşgan Vuhledarni himoya qilayotgan bölinmalarning pozitsiyasini zaiflaştiradi.

Çalğitişga erişilmadi

Sönggi kunlarda Rossiya qöşinlarining Donbassda şiddat bilan oldinga yurişi fonida Kursk oblastiga bostirib kirgan Ukraina qurolli kuçlarining yutuqlari kamtarona körinmoqda.

Ukraina armiyasi hamon öz nazoratidagi hududni kengaytirişga harakat qilmoqda, ammo amaliyotning birinçi kunlari bilan taqqoslaganda, harbiy harakatlar intensivligi sezilarli darajada pasaygan, oldinga yuriş esa sekinlaşgan yoki nolga yaqinlaşgan.

Seşanba kuni Ukraina boş qömondoni Oleksandr Sirskiy Kursk oblastida Ukraina 1294 km kv hududda 100 ta aholi yaşaş manzillarini nazorat qilayotgani va 594 nafar rossiyalik askar asir olinganini ma’lum qildi. Bu raqamlarni şubha ostiga qöyiş mumkin, ammo umuman olganda, u yerdagi vaziyat — Rossiya foydasiga emasligi aniq.

Köpriklar vayron qilinib, Seym daryosida muqobil yöllar sifatida örnatilgan keçuv yöllariga uyuştirilgan hujumlardan keyin Rossiyaning çegarani qöriqlaş uçun joylaştirilgan 3 ming kişilik guruhi murakkab ahvolda qolmoqda.

Bu guruh jami maydoni 400 km kv maydondan iborat Tyotkino — Alekseyevka — Komarovka — Yelizavetovka liniyasi böylab törtburçak hosil qilgan hududni uşlab turibdi. Bu hudud ğarb va janubdan çegaraga tutaşadi, şimolda ta’minot va çekiniş yöllari köpriklarsiz qolgan Seym daryosi bilan tösilgan, şarqdan esa Ukraina qurolli kuçlari qismlari bosim qilib turibdi.

Ammo ukrain armiyasi hozirça mazkur uçastkaga faol yuriş harakatlari amalga oşirmayotgani tufayli, ayni vaqtda Rossiyaning uzilib qolgan qismlariga töğridan töğri tahdid yöq.

Sirskiy esa «Kursk yönalişidagi hujum amaliyoti ötkaziş maqsadlaridan biri duşman kuçlarini boşqa yönalişlardan, birinçi navbatda Pokrovsk va Kuraxovodan çalğitiş» ekanini ta’kidlagan.

Ammo, Rossiya qismlari Pokrovsk yönalişini tark etmadi, aksinça, u yerdagi qöşinlari miqdorini oşirmoqda.