Frontdagi vaziyat. Rossiya Dobropilya olinganini aytmoqda
|20:531 72613 min
Aslida şaharni kim nazorat qilmoqda va frontning boşqa uçastkalaridagi vaziyat qanday?
Foto: ReutersFoto: Reuters
Rossiya boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov 16-oktabr kuni prezident Vladimir Putinga hisobot beriş çoğida yana bir bor Rossiya armiyasining frontdagi muhim «muvaffaqiyatlari» – xususan, Dobropilya egallangani va Rossiya qöşini şitob bilan oldinga borayotgani haqida gapirdi. Ammo, Kupyansk yoki Svyatogorsk egallangani haqidagi oldingi bayonotlarda bölgani kabi, Rossiyaning bu safargi hisoboti ham reallikdan yiroq.
Gerasimovning sözlariga köra, 1-sentabrdan buyon Rossiya armiyasi Ukraina hududining 1,8 ming km kv qismi va 92 ta aholi yaşaş manzilini egallab olgan. Bunday hududlar qatorida Ukraina qurolli kuçlarining Dobropilya (Donetsk oblasti) va Velikomixaylovka (Dnipropetrovsk oblasti) kabi muhim istehkomlari ham sanalgan.
Foto: Rossiya mudofaa vazirligi
Dobropilya – Dnipropetrovsk oblasti bilan maʼmuriy çegaradagi sönggi yirik sanoat şahri. Hozirda uşbu şahar uçun janglar davom etmoqda, Ukraina ham, Rossiya ham uni nazorat qilayotganini taʼkidlamoqda.
Zaporijjya oblastida esa rossiyalik harbiylar Malokaterinovka qişloğini egallab, oblast markaziga 5 km masofada yaqinlaşgani maʼlum qilingan. Sumi oblastida, Rossiya boş ştabi taʼkidlaşiça, Sadki qişloği yaqinida Ukraina qöşinlari guruhi tor-mor etilgan, Xarkiv oblasti şimoli-şarqida esa Ukraina qurolli kuçlarining 2 ming jangçisi bölgan «kotyol» yöq qilingan.
Rossiya hukumati frontdagi muvaffaqiyatlar haqidagi bayonotlarni tasdiqlovçi foto yoki videoyozuvlar taqdim etmagan.
Öz navbatida, Ukraina duşman qöşinlari sezilarli darajada oldinga siljigani haqidagi xabarlarni nafaqat rad etgan, balki jang maydonidagi vaziyat buning mutlaqo aksi ekanini taʼkidlagan.
«Bu yilgi tendensiya saqlanib qolmoqda: kuz boşidan beri harbiylarimiz ruslar bosib olişga muvaffaq bölganidan köra köproq hududni ozod qildi. Yilning boşqa davrlarida ham şunday bölgandi», – dedi prezident Volodimir Zelenskiy 18-oktabr kuni.
Tomonlarning bayonotlari
Donetsk oblasti ğarbidagi sönggi va nisbatan yaxşi himoyalangan aholi yaşaş manzili hisoblangan Dobropilya şahri atrofdagi Pokrovsk va Mirnograd şaharlari qulaganidan keyin 2026-yil bahorida Rossiya armiyasining asosiy nişoniga aylangandi.
Frontning mazkur uçastkasiga qariyb 100 ming kişilik guruhni jamlagan Rossiya armiyasi şaharni qurşab oliş uçun şimol va janubda oldinga harakatlanmoqda.
Mavzuga oid
Rossiya qömondonligiga köra, yozning oxiridayoq şahar «qurşov»ga olingan, şundan keyin şturmçi otryadlar janubdan şahar içkarisiga kirib, kvartallarni birin-ketin tozalay boşlagan.
Bu şahar nimasi bilan muhim? Dobropilya va unga qöşni bölgan Svyatogorovka hamda Annovka – Donetsk oblastining Dnipropetrovsk oblasti bilan çegara hududidagi sanoat sönggi sanoat aglomeratsiyasini taşkil etadi.
BBC naşrining Ukraina harbiy qömondonligidagi manbasi izohlaşiça, uşbu aholi yaşaş manzillari işğol etilişi Rossiya armiyasi uçun mediağalaba bölişdan taşqari rossiyalik harbiylar Dobropilyadagi köp qavatli uylar va yertölalarda yaşiriniş, şaxsiy tarkibni jamlaş uçun qulay joylarga ega bölişini, şuningdek, Ukraina pozitsiyalariga qarşi dronlardan faolroq foydalana olişini anglatadi.
Uşbu aglomeratsiya ham qulaşi amalda rossiyalik harbiylarga qöşni oblast tomon yöl oçadi, çunki uning atrofidagi hudud – tekisliklar, dalalar va kiçik qişloqlardangina iborat.
Foto: Rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya Mudofaa vazirligi öz videosida Dobropilyadagi uylardan biriga sunʼiy intellekt orqali rossiyalik harbiyni joylaştirgan
Rossiya boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov 16-oktabr kuni Vladimir Putinga Dobropilya uzil-kesil egallangani töğrisida hisobot berdi, Rossiya prezidenti esa buni «Donbass ozod etilişidagi muhim voqea» deb atadi.
Rossiya mudofaa vazirligi rossiyalik bir neça harbiylar şahardagi turli binolarda Rossiya bayroqlarini hilpiratayotgani aks etgan videolarni ham tarqatgan.
Ammo geolokatsiya körsatadiki, bu binolarning barçasi Dobropilyaning janubiy va şarqiy çekkalarida joylaşgan. Ayrim videolar esa sunʼiy intellekt orqali tahrirlangan.
Foto: Reuters
Rossiya harbiylarining havo hujumlari tufayli Dobropilyadagi kvartallar deyarli butunlay vayron bölgan
Ukraina hukumati duşman kiçik guruhlar bilan kirib kelişga urinayotgan bölsa-da, uşbu şahar Ukraina qurolli kuçlarining töliq nazorati ostida ekanini taʼkidlamoqda.
«Obyektiv fakt şundan iboratki, Dobropilya Ukraina nazorati ostida, şuning uçun Ukrainaning bu şahri Rossiya qöşinlari tomonidan „bosib olingani“ haqida heç qanday gap yöq», – deya maʼlum qilgan prezident ofisi rahbari Kirill Budanov.
Uning fikriça, Rossiyaning «Markaz» qöşinlar guruhi rahbari Andrey Ivanayev «ongli ravişda» Vladimir Putinga xato maʼlumot yetkazmoqda.
Dobropilyada vaziyat qanday?
Ukraina Milliy gvardiyasining uşbu front uçastkasini mudofaa qiliş uçun masʼul bölgan «Lyubart» 20-operativ brigadasi («Azov» 1-korpusi tarkibiga kiradi) maʼlum qilişiça, qidiruv-zarbdor guruhlari Rossiya mudofaa vazirligi videolarida körsatilgan binolarda duşman askarlarini topa olmagan.
«Rossiya mudofaa vazirligining internetda tarqalgan videosiga kelsak, aytmoqçimanki, duşmanlarimiz gibrid uruş olib borişni yaxşi örganib olgan, ular endi sunʼiy intellektni, montaj qiliş usullarini özlaştirib, bu videolar orqali vatandoşlarini imkon qadar çalğitişmoqda. Biz duşmanning videosida körsatilgan koordinatalar böyiça joylarni borib tekşirdik. U yerda duşman ham, uning bu yerda bölgani izlari ham topilmadi», – deydi brigada ştabi vakili, podpolkovnik Mixail Butko (çaqiruv belgisi «Daniya») BBC Ukraina xizmatiga.
Uning sözlariga köra, şahar nafaqat Ukraina mudofaa kuçlari nazoratida, balki ayni vaqtda frontorti hududi hisoblanadi.
«Harbiy töqnaşuv çiziğiga köra, Dobropilya hozir – bizning frontorti hududimizdir. Harbiy harakatlar bu şaharga keliş yölida joylaşgan aholi yaşaş manzillarida olib borilmoqda», – deydi Butko.
Ammo prezident Zelenskiy 18-oktabr kungi bayonotida Rossiya harbiylari şaharga kirib keliş holatlarini tilga olib, ularni yöq qiliş ukrain jangçilari uçun «oson keçmayotgani»ni aytgandi.
Ukraina Milliy gvardiyasining «Lyubart» brigadasi jangçilari Dobropilya töliq nazorat ostida ekanini aytmoqda. Suratda 2026-yil kuzida brigada jangçilarining maşğulotlari aks etgan.
«Lyubart» brigadasi ştabi vakili duşman çindan ham sönggi kunlardagi ob-havo şaroitidan foydalanib, şaharga yoki uning çekkalariga alohida piyoda guruhlarni kiritgan bölişi mumkinligini istisno etmagan.
«Şunday bölişi mumkinmi? Katta ehtimol bilan, ha. Çunki uruş özgardi, jangovar tartiblar endi ilgarigidek yaxlit emas. Qolaversa, hozir noqulay ob-havo mavsumi – yomğir va tumanlar boşlanganini hisobga olsak, bu bizning aerorazvedkamiz işiga taʼsir körsatmoqda. Şuning uçun nazariy jihatdan duşman kiçik guruhlarga bölinib kirib kelişi mumkin, men buni heç qaçon istisno qilmayman. Ular kölmaklardan suv içib tört kunça yurişi, keyin unga bayroq taşlanişi, u esa bayroqni kameraga körsatişi va keyin ölaverişi mumkin», – degan podpolkovnik Butko.
U Dobropilya – maʼmuriy çegaralari böyiça katta şahar emasligi, ammo u qöşni qişloqlar bilan birlaşib, aglomeratsiya hosil qilganini taʼkidlagan. Şuning uçun, uning fikriça, rossiyalik harbiylar öz şturm guruhlarini atrofdagi qişloqlarga kiritgan holda Dobropilyaga kirganini daʼvo qilişi mumkin.
Brigada ştabi vakili taʼkidlaşiça, Rossiya şturmçilari bu yönalişda infiltratsiya (kiçik guruhlarga bölinib kirib keliş) uçun odatda bir xil yönalişlardan foydalanadi – Rodinskoye qişloği tomondan, keyin esa Svetloye va Belitskoye qişloqlari orqali.
Ammo 10 km masofalik bu yölni oçiq osmon ostida piyoda yoki moto va kvadrotexnikada bosib ötişga töğri keladi, şuning uçun duşman Ukraina dronlarining oson nişoniga aylanadi.
Ukraina mudofaa kuçlari Rossiya armiyasining zirhli texnikalar bilan hujumlari ehtimolini istisno qiliş uçun Dobropilya hududidagi asosiy logistika yönalişlarini oldindan vayron qilgan.
«Şuning uçun bu yönalişda mexanizatsiyalaşgan hujumlar yöq, aytiş mumkinki, rossiyaliklar manzilga osonlik bilan yetib kela olmaydi. Işonçim komilki, agar duşman mexanizatsiyalaşgan hujumni amalga oşira olganida, yaʼni logistika yöllaridan foydalaniş imkoniyatiga ega bölganida, u buni bir neça bor amalga oşirgan bölardi», – deya tuşuntiradi Butko.
Uning fikriça, bu kuzda ob-havo yomonlaşgan taqdirda ham Rossiyada Dobropilyaga yopirilma şturm amalga oşiriş uçun resurslar yetarli emas.
Boşqa yönalişlardagi vaziyat
Rossiya harbiy-siyosiy qömondonligi bayonotlariga köra, Rossiya qurolli kuçlari Dobropilyadan taşqari boşqa yönalişlarda ham tez surʼatlar bilan oldinga yurmoqda.
Bu yerda muhim nuqtalar – Xarkiv oblasti va Zaporijjya.
Agar Rossiya mudofaa vazirligining kundalik hisobotlariga işonilsa, aynan şu hududlarda sönggi haftalarda rossiyalik harbiylar eng köp aholi punktlarini nazorat ostiga olgan.
Xarkiv oblastining şimoli-ğarbiy çegarasida Rossiya armiyasi «Medvejiy ugol» operatsiyasini ötkazgani aytilmoqda. Rossiya tomoni bayonotlariga köra, rus armiyasi bu yerda katta hududni (1 ming kilometr kvadratga yaqin) nazorat ostiga olgan, 58 ta aholi punktini egallagan, Ukrainaning qariyb 2 ming jangçisini qurşab oldi va ularni yöq qilgan.
Lekin Rossiyalik harbiy muxbirlar ham bunday muvaffaqiyatli amaliyot ötkazganiga işonmayapti.
Gap şundaki, Rossiya mudofaa vazirligi bunday keng kölamli operatsiya ötkazilgani haqida heç qanday işonçli dalillarni taqdim etmagan, Beliy Kolodets qişloği egallangani haqidagi videolar esa sunʼiy intellekt yordamida yasalgan.
Ğarbdagi va Ukrainadagi OSINT-tahlilçilar Rossiya harbiylari Velikiy Burluk qişloği tomon siljiş uçun şu yönalişda harakat qilayotganini qayd etişgan, ammo ular buni qançalik yaxşi uddalayotgani haqida aniq maʼlumot yöq. Şuningdek, Xarkiv oblastida Ukraina qurolli kuçlarining köp ming kişilik guruhi yöq qilinganidan dalolat beruvçi qandaydir bilvosita maʼlumotlar (masalan, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar yoki dronlar orqali olingan videolar) mavjud emas.
Amerikadagi Uruşni örganiş instituti (ISW) tahliliy markazi xaritasiga köra, Rossiya qöşinlari Xarkiv oblasti şimoli-şarqidagi Ukraina kuçlarini haqiqatan ham qurşab olişi uçun kamida 25-30 km masofani bosib ötişi kerak. Bu Rossiya-Ukraina uruşi ölçovlari böyiça juda katta masofa bölib, bunga faqat front çiziği yorib ötilganda va raqib qöşini parokandalikka uçraganida erişiş mumkin böladi.
Frontning uşbu uçastkasi uçun masʼul bölgan Ukraina qurolli kuçlari Birlaşgan kuçlari guruhi Rossiya qömondonligining ukrain jangçilarining yirik guruhi «qurşab olingani» haqidagi bayonotlarini öz rahbariyatini «çalğitişga uriniş» deb atadi.
«Yujno-Slobojanskiyning şarqiy qismi, butun Velikoburlukskiy va Kupyansk yönalişining öng sohili Rossiya mediasida allaqaçon alohida fantastik konstruktga aylanib, ularning öz harbiy muxbirlarini ham hayratda qoldirmoqda», – degan guruh spikeri Viktor Tregubov.
Rossiya mudofaa vazirligining yana bir bayonotida rossiyalik harbiylar Zaporijjya şahriga 5 km masofada yaqinlaşib kelgani aytiladi. Bu daʼvo oblast markazidan janubda joylaşgan Malokaterinovka qişloği egallangani bilan boğlangan.
Ukraina boş ştabidagilar bu xabarni ham rad etib, töqnaşuv çiziği va Zaporijjya şahri örtasidagi masofa ança vaqtdan buyon deyarli özgarmagani va hamon 22 km atrofida bölib turganini maʼlum qilgan.
Ukraina tomoni Malokaterinovka ustidan nazorat saqlab turilganiga dalil sifatida Ukraina qurolli kuçlarining 128-oğir mexanizatsiyalaşgan brigadasi jangçilari uşbu posyolka markazida Ukraina bayroğini kötarib turgani aks etgan videoni eʼlon qilgan.
Rossiya tomoni esa öz qöşinlari Konka daryosini keçib öta olganiga (qişloq uşbu daryo böyida joylaşgan) oid birorta dalil taqdim etmagan.
Rossiyaliklar qöşni Orixiv şahri yönalişida ham faollaşgan.
Bu yerda ular Ukraina qurolli kuçlarining uşbu mustahkamlangan hududini qanotlardan aylanib ötişga harakat qilişmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi bu vazifa deyarli bajarilgani, Orixivning bir qismi allaqaçon Rossiya armiyasi nazorati ostida ekani, qöşni Novoandriyivka, Novopavlovka va Omelnik qişloqlari esa allaqaçon egallab olinganini taʼkidlamoqda.
Ukraina tomoni esa bularning barçasini rad etib, faqat Rossiyaning kiçik bölinmalari uşbu aholi punktlariga kirib olişga urinayotganini qayd etmoqda. Frontning uşbu qismi uçun masʼul bölgan «Yug» qöşinlar guruhiga köra, hujum harakatlari kuçayişi Kremlning yaqin haftalarda Orixivni bosib oliş rejalari bilan boğliq.
Rossiya aviatsiyasi Orixivdagi kvartallarni bombardimon qilayotgani aks etgan kadrlar şuni körsatadiki, Ukraina kuçlari aholi punktining katta qismida öz pozitsiyalarini saqlab turibdi.