Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer mamlakatda tamaki mahsulotlari iste’molidan yuzaga kelayotgan ölim holatlarini qisqartirişga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida jamoat joyida tamaki çekişni taqiqlovçi qoidalar kuçaytirilişini tasdiqladi.
Yangi tartib-qoidalar ustida hozirda iş olib borilayotgan bölsada, ular oçiq havodagi qovoqxona va restoranlar, şuningdek, şifixona va sport maydonçalari yaqinida tamaki çekişni taqiqlaş talabini öz içiga olişi kutilmoqda.
Soğliqni saqlaş sohasidagi ekspertlar uşbu takliflarni qöllab-quvvatlab, Milliy soğliqni saqlaş tizimiga kelib tuşayotgan yuklamalarni kamaytiriş zarurligini ta’kidladi. Buyuk Britaniyada tamaki iste’moli oqibatida har yili 80 mingga yaqin ölim holati qayd etiladi.
Insonlar salomatligini ta’minlaşga qaratilgan uşbu taqiqlar mehmonxonalar sektorida xavotirni yuzaga keltirdi. UK Hospitality ijroçi direktori Keyt Nikolls tamakining taqiqlanişi iqtisodiy ösişga, kovid va energetika inqirozi kabi omillar oqibatida şundoq ham jabr körayotgan iş örinlari va korxonalar yaratilişiga tösqinlik qilişi mumkinligini ta’kidladi.
Şuningdek, bu borada siyosiy muxolifat ham yuzaga kelgan bölib, ayrim konservatorlar mazkur takliflar haddan ortiq nazorat örnatilişini yuzaga keltirişini tandiq qilmoqda.
Potensial taqiq hukumatning kaşandalikka qarşi keng kölamli kuraşining bir qismi hisoblanadi. Parlament oçilişidagi nutqida qirol Çarlz III 2009 yil yanvardan keyin tuğilgan barçaga tamaki sotişni taqiqlovçi qonunçilikni qayta joriy etişga va’da bergan edi.
Avvalroq AQŞ oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati idorasi (FDA) tamaki mahsulotlarini sotiş qoidalarini kuçaytirgani va 30 yoşdan kiçik bölgan iste’molçilardan fotosuratli guvohnoma körsatişni talab qilayotgani töğrisida xabar berilgan edi.












