Buxoro şahrida mehmonxonalarga tegişli taşqi yozuvlar olib taşlanmoqda. Bu haqda bloger Umid Ğofurov Telegram-kanalida ma’lum qildi. Bloger e’lon qilgan fotolarda bir neçta mehmonxonalarning axborot matnlari olib taşlanayotgani aks etgan.
Kun.uz holatga aniqlik kiritiş uçun Buxoro viloyati hokimining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Akbar Rustamov bilan boğlandi. Uning ta’kidlaşiça, reklama yozuvlarini olib taşlaş böyiça işlar “Reklama töğrisida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 30 avgustdagi 428-sonli qarori asosida amalga oşirilyapti.
“Reklama töğrisida”gi qonunda barça reklamalar, lavhalar, axborot matnlari davlat tilida yozilişi kerak deb körsatilgan”, – deydi u.
Lekin ta’kidlaş kerakki, qonunning 6-moddasidagi davlat tiliga oid talablar reklamalarga nisbatan belgilangan bölib, 2-moddada bu qonun talablari reklama xususiyatidagi ma’lumotlarni öz içiga olmagan peşlavhalar va körsatkiçlarga nisbatan tatbiq etilmasligi körsatilgan. Şu bilan birga, “Davlat tili töğrisida”gi qonunning 20-moddasiga asosan, lavhalar va e’lonlar davlat tilida bölişi kerak va boşqa tillarda tarjimasi berilişi mumkin.
“Reklama töğrisida”gi qonunga köra, reklamalar davlat tilida tarqatilişi zarur. Reklama mazmunining boşqa tillardagi tarjimasi matni uning davlat tilidagi asosiy ma’nosini buzib körsatmasligi kerak. Taşqi reklamalarda boşqa tillardagi tarjima matni davlat tilidagi matnning pastki qismida, gorizontal holda joylaştirilişi va umumiy reklama maydonining 40 foizidan oşmasligi kerak. Reklamaning boşqa tillardagi tarjimasi matni harfining ölçami davlat tilidagi reklama matni harfining ölçamidan kiçik bölişi talab etiladi.
“Hotel” masalasida 2 ta qonunbuziliş holatlari bor. “Davlat tili töğrisida”gi qonunda ham, reklama töğrisidagi qonunda ham bunday yozuvlar davlat tilida yozilişi kerak. Ular matnning tarjimasini boşqa tilda berişi mumkin, faqat davlat tilidagi matndan kiçikroq şriftda yozilişi kerak. Masalan, “Hotel” deb yozyaptimi, undan kattaroq şriftda “mehmonxona” deb yozişi kerak. Turistlarni jalb qiladigan matnni istalgan tilida yozsin, lekin birinçi navbatda u davlat tili – özbek tilida bölişi kerak. Biz “Hotel” deb yozişni çeklamayapmiz”, – deydi Akbar Rustamov.
Uning tuşuntirişiça, reklama, lavha va axborot matnlari nafaqat davlat tili töğrisidagi, balki yuqorida nazarda tutilgan hukumatning tegişli qarori talablariga ham moslaştirilyapti.
“VMning 2023 yil 30 avgustdagi 428-sonli qarorida barça axborot maydonlari bir kvadrat metr hajmda bölişi kerak degan talab bor. Bu axborot maydoni har bir dökon, yoki xizmat körsatiş obektining özi haqida axborot beruvçi lavhasi. Bundan kattasi reklama sifatida baholanadi va 428-sonli qarorga köra, reklamalar belgilangan tartib bilan pasportlaştirilişi kerak”, – deydi hokimlik mas’uli.
Uşbu talab hukumat qarorining 10-bandida nazarda tutilgan. Bunda yuridik yoki jismoniy şaxs tomonidan boşqa yuridik va jismoniy şaxslar hamda jamoatçilik e’tiborini jalb qiliş maqsadida joylaştirilgan, reklama tusiga ega bölmagan, umumiy maydoni bir kvadrat metrdan köp bölgan e’lonlar taşqi reklama va axborot obektlari (konstruksiyalari) sifatida e’tirof etilişi hamda ular uçun belgilangan tartibda reklama joyining pasporti rasmiylaştirilişi belgilangan.
“Tadbirkorlar töğri tuşunib, texnikalarni jalb qilib, özlari olib taşlaşlariga töğri kelmasligi uçun lavhalarni olib taşlaşga rozi bölişdi. Tadbirkorlar qaror talabiga köra reklama lavhalarini pasportlaştirganda my.gov.uz portaliga, özining şaxsiy kabinetiga kirib, reklama xizmatidan foydalangan holda, reklamasini pasportlaştiriş uçun ariza beradi. Bunda bir martalik davlat boji va har oylik yiğimlarni tölaş kerak böladi. Bu reklama lavhasi turiga qarab, har xil summada bölişi mumkin.
Reklamani pasportlaştirişni xohlamaganlar özi haqida ma’lumot beruvçi peştaxtalarni qonunçilik talabiga muvofiq bir kvadrat metrdan oşirmasliklari mumkin, bunda ham tadbirkorlarga yordam beryapmiz”, deydi Akbar Rustamov.
Uning ta’kidlaşiça, lavhalar olib taşlanişidan oldin raqobat boşqarmalari orqali ularga oldindan ogohlantiriş berilgan.
“Birinçi navbatda viloyat markazi, keyin tuman markazlarini qonun talablariga moslaştiryapmiz. Buxoroni bilasiz, sayyohlar eng köp keladigan hudud – ular köçalarga qarab, şaharga baho beradi. Şunday holat yuzaga kelgan ediki, reklamalar juda tartibsiz örnatilgandi. Bannerlarni yölning örtasigaça çiqarib qöyadiganlar yoki ruxsatsiz konstruksiya örnatganlar, yölning qatnov qismini egallaganlar ham böldi.
Bundan taşqari, köp tadbirkorlarimiz dökonlar va xizmat körsatiş obektlarini taniqli, çet el brendlari nomlari bilan nomlaşyapti. Bu yerda mualliflik huquqi masalasi bor. Heç qanday dilerlik yoki franşiza şartnomasi bölmasa ham, ularning nomidan foydalanişyapti. Biz ertaga jahon savdo taşkilotiga a’zo bölsak, ruxsatsiz mening nomimdan foydalandi deb, bu brendlar tadbirkorlarni jarimaga tortişi ham mumkin. Bu borada ham tadbirkorlarga tuşuntiriş berdik”, – deydi viloyati hokimining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi.
Reklamalar uçun oylik yiğimlar qança?
428-sonli qarorga muvofiq, 2023 yil 1 dekabrdan boşlab “Taşqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimi joriy etilişi kerak edi. Şuningdek, davlat mulki bölgan yer uçastkalari, binolar hamda inşootlarda yangi örnatiladigan taşqi reklama va axborot obektlarini (konstruksiyalarini) quriş huquqi uçun elektron onlayn-auksion yakunlari böyiça tölov hamda taşqi reklama va axborot obektlarida (konstruksiyalarida) taşqi reklamani joylaştiriş (tarqatiş) uçun yiğim örniga miqdori oçiq elektron auksion savdolari orqali belgilanadigan taşqi reklama va axborot obektini (konstruksiyasini) örnatiş va unda reklamani joylaştirişga bölgan huquq uçun yagona oylik yiğim joriy etildi.
Yiğim Toşkent şahrida reklama maydonining (sathining) bir kvadrat metri uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 7 foizidan va boşqa hududlarda 5 foizidan kam bölmagan miqdorda belgilanadi.
2024 yil 1 sentabrdan boşlab, bazaviy hisoblaş miqdori 375 000 söm etib belgilandi. Demak, poytaxtda bir kvadrat metr reklama maydoni uçun oylik yiğim – 26250 sömni, boşqa hududlarda esa 18750 sömni taşkil qiladi.
Madina Oçilova,
Kun.uz












