Baxtiyor Ibragimov Özbekistonning Qozoğistondagi favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qilmoqda.
Yangi elçi 51 yoşda. U Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti va Rossiya taşqi savdo akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1994 yilda Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boşlagan. U yerda yetakçi, boş mutaxassis, vazir yordamçisi, boş boşqarma boşliği lavozimlarida işlagan. 2001 yilda Özbekistonning AQŞdagi elçixonasiga birinçi kotib, söngra savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçi sifatida işga yuborilgan.
Xorijiy xizmat safaridan qaytgaç, Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi qoşidagi iqtisodiy tuzilmalarda hamda Vazirlar Mahkamasida şu’ba mudiri sifatida faoliyat yuritgan.
2019−2022 yillarda Birlaşgan Arab Amirliklarida elçi bölgan. Şuningdek, TIV departamenti direktori, Özbekiston turizm va madaniy meros vaziri örinbosari lavozimlarida işlagan.
Baxtiyor Ibragimovga qadar 2018-2024 yillarda Özbekistonning Qozoğistondagi elçisi Saidikrom Niyozxöjayev bölgan.
Ta’kidlanişiça, yangi elçi Baxtiyor Ibragimov Qozoğiston poytaxtiga bugun yetib borgan.
















