Quyida Töqayevning murojaatnomasida tilga olib ötilgan eng asosiy masalalar mazmuni va iqtiboslarini keltiramiz.

«Mening asosiy vazifalarimdan biri — Qozoğistonni komfort va xavfsiz hayot hududiga aylantirişdir».

«Içki işlar vazirligi barça turdagi huquqbuzarliklar uçun qat’iy çora körişga majbur. Huquqiy davlatda jinoyatçilikka örin yöq. Şu sababli banditizm tag-tubi bilan yöq qilinişi kerak. Bu ekstremistlar, şu jumladan, diniy radikallarning vayronkor faoliyatiga ham taalluqli».

«Qozoğistonda biror bir belgiga köra kamsitiş yöq va heç qaçon bölmaydi. Bunday faktlar qonunga köra ta’qib qilinadi.

Sir emaski, barçamizga yaxşi taniş bölgan kir niyatli kişilar, şu jumladan xorijdan turib harakat qiluvçi kimsalar, jamoatçilik fikrini manipulyatsiya qilib, mamlakatimizga qarşi asossiz ayblovlar bilan çiqiş qilib kelmoqda.

Qozoğiston jamiyati içida böliniş hosil qiliş uçun yaxşigina pul tölab qöyilgan bu nayranglar, albatta, muvaffaqiyatsizlikka yuz tutadi. Çunki bizda heç qaçon qandaydir «fobiyalar» bölmagan, yöq va bölmaydi ham».

Kelgusi yildan Qozoğistonda tumanlar va viloyat miqyosidagi şaharlar hokimlari faqat töğridan töğri saylovlar orqali saylanadi.

«Siyosiy islohotlar — bir martalik kampaniya emas. Agar mamlakatning rivoj topişi uçun bu zarur bölsa, bunday islohotlar doimiy ravişda ötkaziladi».

«Örta sinf kuçayişi kerak. Iqtisodiyotning ösişi ijtimoiy notenglik darajasi pasayişi bilan birga sodir bölişi şart».

«Banklar iqtisodiyotga yanada köproq pul tikişi lozim. Bu borada zarur qonun qabul qilinadi».

«Budjetda ikkinçi darajali vazifalarga haddan ziyod pul sarflaş holatlarini kamaytiriş kerak».

«Mamlakatga investitsiyalar jalb qilişga köproq e’tibor beriş kerak. Barça hokimlar va vazirlar ham jarayonda iştirok etmayapti».

«Aktivlarni qaytariş masalasida. Biznesmenlar davlatga peşvoz çiqişi lozim, aks holda ular bilan boşqaça gaplaşamiz».

«Monoşaharlarga qaytadan jon baxşida etiş kerak. Mamlakatning işlab çiqariş salohiyati töliq oçilişi kerak».

«Avtosanoatning davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi töliq özini qoplaşi kerak. Avtomobilsozlik klasteri paydo bölişi kerak».