Yamanning husiyçi isyonçilari Qizil dengizda ikkita xom neft tankeriga hujum qildi: Panama bayroği ostidagi, Gretsiya tomonidan boşqariladigan MV Blue Lagoon I va Saudiya Arabistoni bayroği ostidagi, Gretsiya tomonidan boşqariladigan MV Amjad. Bu haqda 3 sentabr, seşanbaga ötar keçasi AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.
Bayonotda hujum natijasida har ikki tankerning ham zarar körganligi bildirildi. CENTCOM ma’lumotlariga köra, MV Amjad taxminan ikki million barrel neftni taşiyapti. Bu 21 avgust kuni husiyçilar tomonidan hujumga uçragan Gretsiyaga tegişli MV Delta Sounion tankerining yukidan ikki barobar köp, deya eslatadi mualliflar.
Husiyçilar MV Sounion neft tankeriga hujum qildi
Gretsiya kompaniyasiga tegişli bölgan va 150 ming tonna xom neft taşuvçi MV Sounion kemasiga 21 avgust kuni Yamanning Xodeyda porti yaqinida uçta snaryad kelib tegdi. Yaman husiyçilari tankerga uçuvçisiz uçoqlar va raketalarni otişganini aytdi.
Qizil dengizdagi savdo kemalarini himoya qiliş böyiça Yevropa Ittifoqining Aspides dengiz missiyasi ikki nafar rossiyalik va 23 nafar filippinlikdan iborat MV Sounion ekipajini xavfsiz joyga evakuatsiya qildi. Öşandan beri kema, Delta Tankers ma’lumotlariga köra, Qizil dengizda Eritreya va Yaman örtasidagi langarda joylaşgan. Aspides, şuningdek, nazoratsiz qolgan tanker yuk taşiş va atrof-muhit uçun xavf tuğdirişi haqida ogohlantirdi.
23 avgust kuni Britaniya dengiz xavfsizligi boşqarmasi (UKMTO) MV Sounion kemasida uçta yonğin sodir bölganini ma’lum qildi. Husiyçilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda tankerda sodir bölgani taxmin qilinayotgan uçta portlaş aks etgan.
AQŞ: Qizil dengiz husiyçilar hujumlari tufayli falokat yoqasida turibdi
Eron tomonidan qöllab-quvvatlangan husiyçilar tomonidan Yaman qirğoqlari yaqinida MV Sounion neft tankerining öqqa tutilişi bir million barrel neftning Qizil dengizga sizib çiqişiga sabab bölişi mumkin. Bu haqda 24 avgust kuni AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Miller ogohlantirdi.
Tanker ekipaji evakuatsiya qilingan, biroq «husiyçilar kema va uning yukini dengizda çöktirişga qat’iy qaror qilgan körinadi», deya xabar berdi AQŞ taşqi siyosat idorasi. Eron tomonidan qöllab-quvvatlangan isyonçilar bir neça oy davomida ötkazgan hujumlarida «yamanliklar va mintaqadagi boşqalar hayotini qöllab-quvvatlovçi baliq ovlaş iqtisodiyoti va mahalliy ekotizimlarni yöq qiliş» niyatida ekanini oçiq körsatdi, deya qöşimça qildi Miller. U husiyçilarni «bu harakatlarini zudlik bilan töxtatişga» çaqirdi.












