Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar va qöşimça kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga kiritilgan özgartirişga köra, saylov komissiyasining yoki referendum ötkazuvçi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqaroga bir neça marta yoki boşqa şaxslar nomidan ovoz beriş uçun saylov (ovoz beriş) byulletenini berganlik uçun javobgarlik belgilandi.
Şuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda iştirok etiş uçun ajratilgan davlat mablağlari böyiça Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki öz vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib notöğri ma’lumotlarni taqdim etganlik uçun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvçi qöşimça kiritildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.












