Hindiston şimolida odamxör börilar tödasi qişloqlar aholisini dahşatga solmoqda, deb xabar berdi The Independent. Yirtqiçlar tunda şakarqamiş dalalaridan çiqib, bolalarga hujum qilmoqda.
Uttar-Pradeş ştatida kamida 10 nafar bola halok böldi, dedi örmon xöjaligi rasmiylari. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, odamlar va yovvoyi hayvonlar örtasidagi ziddiyat iqlim inqirozi va yovvoyi tabiatning nobud bölişi tufayli kuçaygan.
Ta’kidlanişiça, börilar tödasi 100 ga yaqin qişloq hududida kezib yuradi. Mahalliy aholi özini hujumlardan himoya qila olmasligi vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda - ular yirtqiçlar bemalol kirib kelişi mumkin bölgan tomi somonli, eşiksiz uylarda tunaydi.
Birinçi hujum va bolaning yöqolişi 18 mart kuni qayd etilgan. Buning ortidan uç oylik sukunat kuzatilgan. 17 iyul kuni yana bir bola hujumga uçradi.
Örmon xöjaligi xodimlari suruv oltita böridan iborat ekanligini aniqladi. Törttasi tuzoqqa tuşirildi, ammo ikkitasi ozodlikda qolmoqda.
«Teplovizor dronlar, kameralar, törlar va önlab odamlar keçayu kunduz şakarqamiş dalalarini aylanib, börilarni izlamoqda. Biz ularni qişloqdan uzoqlaştiriş uçun eng yaxşi texnologiyadan foydalanmoqdamiz», deb ta’kidladi mutaxassislar.
Börilarning hujumlari iqlim özgarişi bilan boğliqligi ta’kidlanmoqda. Kuçli yoğingarçilik tufayli mahalliy Ghaggar daryosi toşib ketgan. Yirtqiçlar odatdagi yaşaş joylarini tark etişga majbur bölgan. Ular an’anaviy öljalarini yöqotib, odamlarning yaşaş joylariga kirib bormoqda.
Mutaxassislarning qayd etişiça, bunday hujumlar ğayrioddiy hol. Hindistonda odamxör börilar bosqinining faqat uçta epizodi ma’lum. Ularning barçasi 1997 yildan 1999 yilgaça Uttar-Pradeşda sodir bölgan.
Ammo kelajakda bu yana takrorlanişi mumkin. Hindistonda ösib borayotgan aholi yovvoyi tabiatga tobora köproq tajovuz qilmoqda, odamlar va hayvonlar töqnaşuvi ehtimoli ortib bormoqda.












