«Kopernik» iqlim özgarişi xizmati ma’lumotlariga köra, 2024 yilning yozi şu vaqtda qadar amalga oşirilgan kuzatuvlar tarixida eng issiq fasl sifatida qayd etildi.

Şuningdek, bu Yevropadagi eng issiq mavsumga aylangan: 1991-2020 yillar davomidagi örtaça körsatkiçdan 1,54 darajaga yuqori. Şunga qaramay, Buyuk Britaniyada 2015 yildan beri eng salqin yoz kuzatilgan, Yevropaning aksariyat qismida esa yoz fasli odatdagidan issiqroq keçgan.

Ta’kidlanişiça, joriy yilda dunyodagi örtaça harorat 1991-2020 yillar davomida kuzatilgan körsatkiçlardan 0,7 darajaga kötarilgan — bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori körsatkiç hisoblanadi. Bundan oldingi örtaça eng yuqori harorat ötgan yilda qayd etilgandi.

Butun dunyoda issiq tölqinlar va ekstremal ob-havo hodisalarining oqibatlari kuzatilmoqda. «Joriy yozda kuzatilgan haroratga boğliq ekstremal hodisalar yanada intensivlaşadi», — deydi «Kopernik» direktori örinbosari Samanta Berjyess.

Butun Yevropa böylab harorat bilan boğliq rekordlar yangilangan. Avstriyada ham kuzatuvlar tarixidagi eng issiq körsatkiç qayd etilgan. Ispaniyada avgust öz tarixidagi eng issiq oy böldi.

Yevropaning janubiy va şarqiy qismida havo harorati kötarilgan bir paytda Irlandiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Islandiyaning ğarbiy qismlari va Norvegiya janubida havo biroz salqin keldi.

Inson faoliyati global harorat kötarilişining eng muhim sababiga aylangan bölsa-da, 2023 va 2024 yillardagi rekord darajadagi issiqlik El-Nino iqlim fenomeni tufayli yuzaga kelgan.

El-Nino — kuçli tabiiy hodisa, ekvatorial va Janubiy Tinç okeanidagi suv haroratining davriy ravişda oşişi. Bu butun sayyoradagi iqlimga ta’sir qiladi.