Germaniya hukumati Polşa, Çexiya, Avstriya va Şveytsariya bilan quruqlikdagi çegaralarda pasport nazoratini 2024 yil dekabridan keyin uzaytirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Germaniya Içki işlar vazirligi rasmiy vakili Maksimilian Kal 6 sentabr, juma kuni Berlindagi DW muxbirining savoliga javoban aytib ötdi. Uning sözlariga köra, Germaniya içki işlar vaziri Nensi Fezer allaqaçon, jumladan, yaqinda Gyorlits şahridagi Polşa-Germaniya çegarasiga taşrifi çoğida Germaniyaning taşqi çegaralarida nazoratni saqlab qoliş zarurligini aniq aytgan. 

Içki işlar vazirligi vakiliga köra, Germaniya politsiyasi noqonuniy migratsiya oldini olişda katta muvaffaqiyatlarga erişdi. Xususan, 2023 yil oktyabr oyidan buyon Germaniyaning taşqi çegaralarida noqonuniy migratsiya bilan boğliq jinoyatlarga şeriklikda gumon qilingan 1350 ga yaqin şaxs qölga olindi. 

«Umumiy Yevropa boşpana taqdim etişga asoslanadigan sezilarli darajada mustahkamlangan umumiy Yevropa taşqi çegarani himoya qiliş tizimi joriy etilmagunça, bu çegara nazorati zarur bölib qolişi mumkin», dedi Içki işlar vazirligi vakili.

Biroq u Şengen kelişuvida iştirok etuvçi boşqa davlatlar (Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg va Daniya) bilan çegaralarda pasport nazorati joriy qilinadimi, degan savolga javob bermadi. Içki işlar vazirligi mavjud vaziyatga qarab qaror qabul qiladi, deya qöşimça qildi Maksimilian Kal.

Germaniya barça quruqlikdagi çegaralarini nazorat qiliş Yevropa çempionati paytida joriy etilgan

Germaniya futbol böyiça Yevropa çempionatiga mezbonlik qilgan 7 iyundan 19 iyulga qadar uning çegaralarining butun perimetri böylab pasport nazorati joriy qilingan edi. Öşanda turnirning dastlabki ikki haftasida çegarada qidiruvda bölgan 600 ga yaqin şaxs, şuningdek, önlab futbol bezorilari va noqonuniy migratsiya bilan boğliq bölgan bir yuz ellik kişi qölga olingan.

Iyul oyi örtalarida Germaniya Içki işlar vazirligi vakili Kornelius Funke Daniya, Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg va Fransiya bilan çegaralarda çegara nazorati bekor qilinişini, biroq Polşa, Çexiya, Şveytsariya va Avstriya bilan saqlanib qolişini bildirdi.