Slovakiya boş vaziri Robert Fitsoga suiqasd uyuştirgan 72 yoşli yozuvçi Yuray Tsintula 15 maydan beri saqlanayotgan tergov hibsxonasidan özini ozod etişlarini söramoqda.

Qayd etilişiça, Tsintula Slovakiya Oliy sudida özining sudgaça tergov hibsxonasida saqlaşga qaror çiqargan quyi instansiya sudiga e’tiroz bildirmoqda. Yozuvçi öz talabini töşakka mixlangan rafiqasi uyda uni kutib, yiğlayotgani bilan izohlagan.

Ekspertlarning prognoziga köra, ayblanuvçining sörovi rad etiladi, çunki yozuvçi tomonidan amalga oşirilgan jinoyat terakt sifatida tasniflangan.

Fitso Gandlova şahrida amalga oşirilgan suiqasdda yaralanib, bir neçta operatsiyani ötkazdi va iyul oyida öz xizmat majburiyatlarini bajarişga kirişdi.

Slovakiya hukumati rahbariga uyuştirilgan hujumdan keyin davlat amaldorlari, siyosatçilar va yetakçi OAV tahririyatlarida soqçilar xizmati kuçaytirildi.

Eslatib ötamiz, Slovakiya prezidenti Zuzana Çaputova, Germaniya kansleri Olaf Şols, Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen, şuningdek, boşqa Yevropa davlatlari rahbarlari Slovakiya boş vaziriga qilingan hujumni qoralagan edi. 

Robert Fitso Slovakiya hukumati rahbari lavozimini 2023 yil oktyabr oyida özining «Yönaliş – sotsial demokratiya» populistik partiyasi parlament saylovlarida ğalaba qozonganidan söng uçinçi marta egalladi. U bungaça 2006-2010 va 2012-2018 yillarda vazirlar mahkamasini boşqargan. Oxirgi kampaniya davomida va lavozimga saylanganidan keyin Fitso rossiyaparast pozitsiyani egalladi.