Armaniston va Yevropa Ittifoqi viza rejimini körib çiqiş böyiça muzokaralarni boşladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Nikol Paşinyan Yevrokomissiya rahbari örinbosari Margaritis Sxinas bilan uçraşuvda ma’lum qildi.

«Munosabatlarimizda sezilarli özgarişlar borligidan xursandman: viza rejimini liberallaştiriş böyiça muzokaralar boşlanmoqda, Armaniston Respublikasini Yevropa tinçlik fondi orqali qöllab-quvvatlaş qarori qabul qilindi, biz buni juda qadrlaymiz», — deydi Armaniston hukumati rahbari.

Uning qöşimça qilişiça, hozirda Armanistonda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böyiça bahs-munozaralar davom etmoqda, şu sababli Yerevan «YeIdagi şeriklarining kuzatuvlari va maslahatlariga quloq tutişni» muhim deb biladi.

Armaniston va Ğarb hamkorligi Ozarboyjon bilan röy bergan harbiy mojarodan keyin faollaşdi. Öşanda Yerevan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga (KXŞT) yordam sörab murojaat qildi, ammo asosiy rol Rossiyaga tegişli bölgan taşkilot «xavotir» va «hamdardlik» bildiriş bilan çeklandi xolos.

Fevral oyida Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan mamlakat kelajakda YeI a’zoligiga nomzod böla olişi uçun Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarini çuqurlaştiriş niyatida ekanini ma’lum qilgandi. Avgust oxirlarida Nikol Paşinyan Armaniston hukumati KXŞTning barça organlaridagi iştirokini butunlay muzlatib qöyganini e’lon qildi.