Germaniyada politsiyaçilar özini otib taşlaşlari uçun ataydan olti kişini garovga olgan erkak ustidan sud jarayonlari boşlandi, deb xabar beradi Bild.
Qayd etilişiça, 2024 yil 26 yanvar kuni Stefano B. qurollangan holda Ulm şahridagi Starbucks qahvaxonasiga kirgan va u yerdagi mijozlarni garovga olgan. Öşa kuni gumonlanuvçining qölida Glock 19 töpponçasi va Heckler & Koch 416 vintovkasiga öxşaş mulyaj bölgan. Odamlarni garovga olişdan oldin u qöşni stolda ötirgan juftlikni «Ketinglar va politsiyani çaqiringlar» deya ogohlantirgan.
Şundan söng Stefano B. mulyaj qurollarini çiqarib, olti kişini garovga olgan. Ularning ikki nafari politsiyaçilar körişi uçun bar örindiğiga ötqazilgan. Garovga olinganlar orasida 13 va 14 yoşli qizlar ham bölgan.
Oxir-oqibat Stefano B. garovga olingan şaxslarning beş nafarini qöyib yuborgan, oxirgisini esa Ulm sobori tomon yönaltirgan. Şu vaqtda politsiyaçilar öq uzib, uning yelka va jağ qismini yaralagan.
Sud jarayoni avvalida ayblanuvçining advokati Torsten Ştorp öz mijozi barça ayblovlarni tan olişini ma’lum qildi. «U garovga olinganlarning barçasidan uzr söraşni xohlaydi. U öz xatti-harakatlari bilan heç kimga zarar yetkazmoqçi bölmagan», — deydi advokat.
Prokuratura esa öz navbatida Stefano B. suitsid niyatida jinoyat sodir etganini — u «politsiyaçilarni öq otişga undaganini» ta’kidlamoqda.
Ma’lum bölişiça, ayblanuvçi Bundesver askari sifatida Afğoniston yaqinidagi şaharda xizmatni ötagan. U yerda harbiy xizmatçi oddiy fuqaroning boşiga öq uzişganiga guvoh bölgan. Germaniyaga qaytgaç Stefano B. posttravmatik stressdan aziyat çeka boşlagan. Şu boisdan prokurorlar ayblanuvçini ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştiriş kerakligini aytmoqda. Sobiq harbiyga nisbatan sud hukmi 10 oktyabr kuni e’lon qilinadi.












