Qurolli töqnaşuvlar va epidemiyalar, birinçi navbatda, Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerika mamlakatlarida tabiiy ofatlarning oğir oqibatlari xavfini oşiradi. Şu bilan birga, bir vaqtning özida bir neçta inqirozlar yuzaga kelişi qator mintaqalarda faqat katta qiyinçilik bilan hal qilinişi mumkin bölgan oqibatlar zanjiriga olib keladi, deyiladi 9 sentabr, duşanba kuni e’lon qilingan «Rivojlaniş yordam beradi» alyansi (Entwicklung hilft) va Boxumdagi Rur universitetining butun dunyo böylab risklar böyiça yangi yillik hisobotida (Weltrisikobericht).

«Bizning dunyomiz köplab inqirozlarga duçor bölmoqda, ular bir-birini kuçaytirib, global xavfsizlikka yangi tahdidlarni keltirib çiqaradi», — deyiladi hujjatda.

Jahon xatarlari indeksini (Weltrisikoindex) yaratiş uçun ekspertlar zilzila xavfi va iqlim şaroiti kabi tabiiy xavflarni jamiyatning ijtimoiy zaifligi bilan birlaştirgan holda 193 mamlakatdagi xatarlarni tahlil qilişdi. Bunda boylar va kambağallar örtasidagi tafovut, soğliqni saqlaş tizimi darajasi, xavfli kasalliklarga çalinganlar soni, mintaqadagi qurolli mojarolar kabi omillar hisobga olindi. 

Mamlakatlar böyiça ofatlar xavfi

Mutaxassislar tabiiy ofatlarning eng yuqori xavfi Filippin, Indoneziya va Hindistonda ekanligini aniqlaşdi. Ulardan keyin zilzilalar va qurğoqçilik kabi tabiiy ofatlar bilan bir qatorda, narkotik kartellari örtasidagi mojarolar ham taşvişga solayotgan Kolumbiya va Meksika. Rossiya sakkizinçi, Ukraina 94- va Germaniya 98-örinda.

Tabiiy ofatlarning eng past xavfi Monako, Andorra va San-Marinoda qayd etilgan (mos ravişda 193-, 192- va 191 örin). Belarus ham eng past xavfga ega mamlakatlar röyxatidan joy olgan (187-örin).