Litva oktyabr boşigaça milliy evakuatsiya rejasini işlab çiqişni yakunlaydi. Bu haqda mamlakat IIV rahbari Agne Bilotayte ma’lum qildi. Vazirning aytişiça, hozirda har bir özini özi boşqariş organlari evakuatsiya dasturiga ega, biroq mamlakat uçun milliy miqyosdagi loyiha zarur.
Ukrainadagi uruş fonida Boltiq davlatlari gibrid va dezinformatsiya hujumlariga uçray boşladi, mintaqadagi qöporuvçilik harakatlari esa «yangi reallikka» aylandi. «Ta’kidlaş kerakki, biz old pozitsiyada turibmiz, şu boisdan hozirda fuqaro muhofazasi kun tartibimizning ustuvor yönalişiga aylandi», — deydi Bilotayte.
Vazirning sözlariga köra, aholi himoyasi böyiça işlar mintaqadagi boşqa davlatlar bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. Uşbu maqsadlar uçun Boltiq davlatlari Yevropa Ittifoqiga moliyalaştiriş böyiça ariza kiritadi. «Imkoniyatlarimizni birlaştiriş va mintaqaviy darajada ham, Yevropa Ittifoqi darajasida ham muvofiqlaştirilgan tarzda harakat qiliş vaqti keldi. Ha, bu juda qimmat, lekin biz sa’y-harakatlarimizni birlaştiriş va YeIdan tegişli yordam oliş imkoniyatlarini muhokama qilişimiz kerak», — deydi u.
Litva hukumati iyul oyining oxirida harbiy bosqin sodir bölgan taqdirda aholini butun respublika hududidan ommaviy evakuatsiya qiliş rejasini işlab çiqişga kirişgan edi. Bilotayte öşanda uşbu çora-tadbirlarni Mudofaa vazirligi, Aloqa vazirligi va Inqirozlarni boşqariş milliy markazi bilan muhokama qilgan. «Vazirliklar bilan aholini evakuatsiya qilişga tayyorgarlik köriş böyiça ularning vazifalari töğrisida kelişuvga erişildi va hozirda munitsipalitetlardan imkoniyatlar hamda ehtiyojlar böyiça aniq ma’lumotlar kutilmoqda», — deyilgan edi IIV matbuot xizmatining yozdagi xabarida.
Öşanda Polşa, Litva, Latviya va Estoniya yetakçilari Yevropa Ittifoqiga Rossiya hamda Belarus çegarasi böylab mudofaa çiziğini tortiş taklifini ilgari surgandi. Şarqiy çegarada mudofaa infratuzilmasining paydo bölişi, dezinformatsiya, kiberhujumlar, iqtisodiy bosim va migratsiya inqirozini yaratişga urinişlarni öz içiga olgan gibrid tahdidlar muammosini hal qiladi.












