“Davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlarini joriy etişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Davlat tibbiy suğurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar körsatiş va dori vositalarini taqdim etiş davlat budjetiga tölanayotgan soliqlar hisobidan amalga oşiriladi. Bunda aholidan davlat tibbiy suğurtasi uçun qöşimça tölov undirilmaydi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlari bosqiçma-bosqiç joriy etiladi, jumladan:
- davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari tasdiqlanadi va uşbu paketga kiritilgan tibbiy xizmatlar va dori vositalari Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi mablağlari hisobidan taqdim etiladi;
- kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlardan bepul foydalaniş uçun belgilangan muddatlarda tegişli tibbiy köriklardan ötiş, oilaviy şifokorga yoki tibbiyot brigadasiga murojaat qiliş talab etiladi;
- şifokor rasmiylaştirgan elektron retsept asosida dori vositalari kafolatlangan paket doirasida bemorlarga dorixonalar tomonidan bepul beriladi va dorixonalarning tegişli sarf-xarajatlari Jamğarma mablağlari hisobidan qoplanadi (reimbursatsiya dasturi);
- tibbiyot taşkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni öz içiga oluvçi “Elektron soğliqni saqlaş” axborot tizimi yaratiladi hamda işga tuşiriladi;
- kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy xizmatlarni körsatişga davlat va nodavlat tibbiyot taşkilotlari jalb etiladi;
- tuman (şahar), viloyat va respublika şifoxonalarida tibbiy yordam körsatişda kasallikning oğirlik darajasidan kelib çiqib, bepul davolanadigan kasalliklar röyxati tasdiqlanadi va amaliyotga joriy etiladi;
- imtiyozli toifadagi şaxslar şifokor körsatmasiga binoan axborot tizimi orqali şakllantiriladigan yöllanma asosida davlat budjeti mablağlari hisobidan bepul davolanadi.











