The Guardian xabar berişiça, hodisa vaqtida Jonson Politsiya superintendantlari assotsiatsiyasining anjumanida sözga çiqqandi. U öz nutqida ğayriijtimoiy xulq-atvor, öğrilik va dökonlardan mol öğirlaş epidemiyasi tarqalgani haqida ogohlantirgan. Vazirning ta’kidlaşiça, “leyboristlar hukumati bu muammoni konservatorlardan meros qilib olgan”.

Konferensiya yakunlanganidan söng, IIV rahbari şaxsiy buyumlari, şu jumladan, hamyoni öğirlangani töğrisida politsiyaga ariza bilan murojaat qildi. Hozirça jinoyatçi aniqlanmagan.

IIVdagi manba Jonsondan hamyon öğirlanganini tasdiqladi.

BBC Buyuk Britaniya Milliy statistika xizmati ma’lumotlariga tayanib, xabar berişiça, Angliya va Uelsdagi dökonlarda öğriliklar sönggi 20 yil içida eng yuqori darajaga yetgan.