15 sentabr, yakşanba kuni Los-Anjyelesda 76-«Emmi» mukofotlari topşirildi. Uning nomzodlari qatoriga 2023 yil 1 iyundan 2024 yil 31 maygaça efirga uzatilgan yoki onlayn-platformalarda körsatilgan seriallar, telefilmlar va teleşoular kiradi.
25 ta haykalça uçun kuraşgan «Segun» tarixiy seriali asosiy yönalişlarning aksariyatida ğolib çiqdi va eng yaxşi dramatik serial deb topildi.
Serial epizodlaridan biri uçun Frederik Tuaga eng yaxşi rejissyor mukofotini taqdim etdi, yapon feodallari haqidagi hikoyaning asosiy qahramonlarini öynagan Xiroyuki Sanada va Anna Savai dramadagi boş roli uçun Yaponiyadan «Emmi» olgan birinçi aktyorlar böldi.
Jyeremi Allen Uayt «Ayiq» filmidagi pazandalik dahosi Karmen Berzatto roli uçun «Komediya seriali böyiça eng yaxşi aktyor» nominatsiyasida ğolib çiqdi.
Komediya serialidagi eng yaxşi aktrisa unvoni Jin Smartga Amerika televideniye akademiyasi tomonidan eng yaxşi komediya seriali sifatida tan olingan «Ayyorliklar» serialidagi Debora Vens roli uçun berildi.








